Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bir qator hokimliklar yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari bir pog‘onaga pasaytirildi
28.02.2021 14:57,  
379

Yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari bir pog‘onaga pasaytirildi. Bu haqda Adliya vazirli Matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva xabar berdi.

O‘rinboyevaga ko‘ra, ayrim hokimliklar yuridik xizmat xodimlari tomonidan o‘z majburiyatlari va funksiyalari zarur darajada bajarilmaganligi oqibatida hokimliklarni huquqiy ta’minlash talab darajasida ta’minlanmaganligi bir qator jiddiy xato va kamchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Adliya organlari tomonidan hokimliklarning yuridik xizmatlari faoliyati o‘rganilganda:

  • ayrim hokimliklarning yuridik xizmat xodimlari xizmat majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarmayotganligi; 
  • hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlar va farmoyishlarning prokuratura, sud, adliya va boshqa organlarning ta’sir choralari asosida bekor bo‘layotganligi;
  • yuridik xizmat xodimlari ustidan ko‘plab shikoyatlar kelib tushayotganligi;
  • xizmat vazifalarini muntazam ravishda yetarlicha bajarmaslik odat tusiga aylanib borayotganligi aniqlandi.

Bu kabi aniqlangan tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, zimmasiga yuklangan funksiyalarni o‘z vaqtida va muntazam ravishda lozim darajada bajarmayotgan hokimliklarning 12 nafar yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari bir pog‘onaga pasaytirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан