Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bir so‘m bo‘lsa ham tadbirkorning puli qoplab beriladi – Jamshid Qo‘chqorov (video)
23.04.2020 19:26,  
463

Bugun Xalqaro press-klubda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov va Toshkent bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov ishtirokida sessiya bo‘lib o‘tdi.

Foto: Xalqaro press-klub

Unda Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov fondga bugungi kungacha 600 milliard so‘mga yaqin homiylik mablag‘lari kelib tushganini ta’kidladi.

Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari quyidagilarni ma’lum qildi:

“Davlat o‘zining vazifasini tadbirkorga yuklamoqchi emas. Bir so‘m bo‘lsa, bir so‘m qoplab beradi.

Buni qanday bajaradi: jumladan, soliqni qisqartirishi, bank xizmatlaridan imkoniyatlar va elektr energiyani arzonlashtirib beradi. Bundan shubha bo‘lishi mumkin emas.

Bir so‘m bo‘lsa ham tadbirkorning puli davlatda qolib ketmaydi. Bu borada biz har kuni izlanishdamiz.

Kambag‘allikni kamaytirish borasidagi harakatlarimiz bir kun ham to‘xtagani yo‘q. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlarimiz ham davom etmoqda. Masalan, nochor oilalarni aniqlash davom etmoqda va iqtisodiy imkoniyatlarimiz inobatga olingan holda ularga ko‘maklashish ishlari haqida o‘ylamoqdamiz“, — dedi Jamshid Qo‘chqorov.

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан