Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Bir xil harakat uchun IIVga boshqa, jurnalistlarga boshqa standartlar qo‘llanilmoqda»
10.06.2020 11:49,  
820

Advokat Abdumalik Abdullayev jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik qilgan IIO xodimlariga nisbatan faqat intizomiy jazo qo‘llanilishi amaliyotini «ijtimoiy adolatsizlik» deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda “Human.uz” veb-nashri muxbirlari jurnalistlik faoliyatini olib borish chog‘ida Toshkent tumanida va Guliston shahrida ichki ishlar organlari xodimlarining qarshiligi va bosimiga uchragan edi. Kecha Bosh prokuratura matbuot xizmati ikkala holatda ham tegishli hududiy IIO tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani va aybdorlar intizomiy jazoga tortilishini ma’lum qildi.

Abdumalik Abdullayev ushbu voqeaga munosabat bildirarkan, agarda ayni xatti-harakat OAV vakili tomonidan ichki ishlar xodimiga nisbatan sodir etilganida bu ishning huquqiy oqibati tamom boshqacha bo‘lishi mumkinligini aytadi.

“Jurnalistga nisbatan qilingan nojo‘ya xatti-harakat intizomiy xarakterda bo‘lib, shunga ko‘ra jazo choralari (ogohlantirish yoki hayfsan) qo‘llanilar ekan!..

Agar jurnalist hokimiyat vakiliga nisbatan shunday harakatni sodir etganida, holatdan kelib chiqib, jurnalist kamida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik») va (yoki) 194-moddasi («Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») bilan javobgarlikka tortilar edi. Yoki bo‘lmasa, hokimiyat vakiliga nisbatan faol qarshilik qildi deb, jurnalistga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoiy ta’qib amalga oshirilar edi”, deydi advokat. (Farg‘onalik jurnalistning qismati bunga yaqqol misol - tahr.).

A.Abdullayevga ko‘ra, ayni bir harakat uchun davlat tomonidan sanksiya qo‘llash amaliyotida nomuvofiqlik mavjud. Ya’ni, oddiy fuqaro singari jurnalistga nisbatan hokimiyat vakili tomonidan qilingan harakat intizomiy deb, hokimiyat vakiliga nisbatan sodir etilganida esa nojo‘ya xatti-harakat ma’muriy yoki jinoiy deb baholanar ekan.

«Qani sanksiyalashdagi ijtimoiy adolat?!» — deya ajablanadi advokat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан