Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Birjada paxta yog‘i va benzin narxi tushdi
1.06.2021 20:25,  
445

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 24 – 30 may kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 1 895,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3,1% ga ko‘pdir. Bunda sotuvlarning 87,7% - birja savdolari; 1,5% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 10,5% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 1 629,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 163 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari pasayish holatlarini namoyon etdi. Xususan, o‘tgan dushanba-payshanba kunlari o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 140,1 ming so‘mdan 15 586,0 ming so‘mgacha, ya’ni 3,4% ga pasaydi. Biroq haftaning so‘nggi savdo kunida kotirovka biroz ko‘tarilib 16 653,9 ming so‘mni tashkil qildi.

Hafta yakunlariga ko‘ra 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi mahsulotni bir tonnasi uchun 17 718,6 ming so‘mni tashkil etdi.

Benzin

O‘tgan haftada birja savdolariga 23 737,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 16 729,1 tonnasi, ya’ni 70,5% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 45 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 6 673,4 ming so‘mdan 6 644,1 ming so‘mgacha pasaydi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 663,5 ming so‘mni, AI-91 – 7 702,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан