Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Federalist №2: Birlashish ahamiyati (2-maqola)
1.01.2020 19:52,  
957

Amerika davlatchiligi poydevorini yasab bergan uch siyosiy mutafakkir “Publius” taxallusi ostida yozgan maqolalari tanishtirishni davom etamiz.

Birinchi maqola: Federalist №1: Davlatga poydevor qo‘ygan "uch bloger"

Ikkinchi maqolani Jon Jey (1745 - 1829) yozgan bo‘lib, matn 31 oktyabr 1787 yilda Independent Journal gazetasida chop etilgan.

Mazkur maqolada muallif Shimoliy Amerika shtatlarini yagona davlat bo‘lib birlashishga chaqiradi.

1. Amerika xalqi mazkur masalani hal qilish uchun uni har taraflama jiddiy o‘rganib chiqishi lozim. Qirol va aristokratlar hukmidan butkul qutulgach, millat hayoti va kelajagiga oid mas’uliyat xalqning zimmasiga to‘laligicha o‘tganini o‘quvchi anglamog‘i lozim.

2. Erkin insonlar jamlanganlarida umumiy maqsadlari uchun yagona hukumat tuzadilar. Odamlar o‘z tabiiy erkinliklarining bir qismini shu hukumatga topshiradilar. Hukumatni barpo qilish zarurati ortiqcha isbotni talab qilmaydigan haqiqatdir. Har bir davlat boshqaruvi o‘z vakolatini xalqning tabiiy erkinliklaridan oladi.

3. Amerika alohida shtatlarga ajralishi yoki bir necha alohida konfederatsiyalarga bo‘linishi kerak degan g‘oya paydo bo‘lganini muallif xavotir bilan e’tirof etadi. Shimoliy Amerika shtatlari umumiy savdo aloqalariga, bir biri bilan tutashgan sermahsul keng yerlariga, quruqlik va daryolardan o‘tadigan ulkan transport tizimlariga ega. Bu shtatlarda asli bir millat bo‘lgan, bir tilda so‘zlashadigan va bir dinga ergashadigan erksevar xalqlar yashaydi. Amerika xalqlari mustaqillik uchun yelkama yelka turib kurashgan, yakdillik bilan boshqa davlatlar bilan shartnomalar tuzgan edi. Boshga kulfat tushganda bu viloyatlar yakdil edi. Endi yuksalish pog‘onasiga yetganda, yangi imkoniyatlar va kutilmagan tahdidlar paydo bo‘lganida bir-biridan ajrab ketish katta xatodir.

4. Mustaqillik uchun urush davrida shoshilinch bilan tuzilgan eski konstitutsiyaning kamchiliklari ko‘p. Shuning uchun Filadelfiyada ma’rifatli, insofli, befarq bo‘lmagan vatanparvar fuqarolar o‘z ixtiyorlari bilan konstitutsiya majlisi – Konventini tashkil qilib, yangi milliy Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqdilar.

5. Konvent (konstitutsion majlis) yangi Asosiy qonun loyihasini shtatlarga tavsiya etgan, uni ko‘r-ko‘rona qabul qilishga chaqirmagan. Albatta xujjat loyihasini oqilona o‘rganish va qaror qabul qilish oson kechmaydi, qarshi bo‘lganlar ham yaxshi, ham g‘arazli niyatlar bilan uni qoralab chiqishlari tabiiy. Shuning uchun odamlar qonun loyihasini o‘rganishda vijdonan yondashmoqlari shartdir!

6. Shtatlarni yagona davlatga birlashtiruvchi konstitutsiya qabul qilinmas ekan, muallif qadimgi shoir tili bilan: “Alvido! Alvido, deyman qadrimga, buyukligimga!”, deb vatandoshlarini ogohlantiradi.

Keyingi, uchinchi maqolani ham Jon Jey tayyorlaydi. Unda muallif milliy birlashuvning ahamiyati haqida fikrini davom etib, tashqi davlatlardan keladigan tahdidlar va urush masalasini muhokama qiladi. Davomini kuting.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан