Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Birortayam koronavirus aniqlanmagan mamlakat" – Turkmaniston birinchi bo‘lib «Sputnik V» vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi
18.01.2021 22:59,  
223

Turkmaniston Rossiyaning koronavirus infeksiyasiga qarshi «Sputnik V» vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar berdi «TASS» Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi matbuot xizmatiga tayanib.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda ushbu dori xavfsizligi va samaradorligi yuqori baholangan. Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib o‘z hududida Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini qo‘llashni rasman ma’qulladi.

«Hamkorlar vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini yuqori baholashdi. Bugungi kunda u koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha dunyodagi yetakchi dori-darmonlardan biri bo‘lib, dunyoning turli mintaqalaridagi hukumat nazorati organlari tomonidan ma’qullangan», — dedi jamg‘arma rahbari Kirill Dmitriyev.

Ma’lumot uchun: Turkmaniston hukumati mamlakatda koronavirus mavjudligini tan olmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан