Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bishkek hanuz notinch, Atambayev yana qo‘lga olindi
10.10.2020 17:40,  
1302

Prezident Jeenbekov Bosh vazir iste’fosini rasman qabul qildi. Davlat xavfsizlik milliy qo‘mitasi rahbarini bo‘shatdi. Xavfsizlik Kengashi kotibini ishdan oldi. Bishkekda favqulodda holat amalda, ammo namoyishlar tinmagan. Bu haqda mustaqil jurnalist Shohrux Soipov Bi-Bi-Sida xabar qilmoqda.

"Bishkekda hukumat uyi oldida namoyishlar davom etmoqda. 5 oktyabr kuni Oq uyni namoyishchilar tarafidan ishg‘ol etilishi ortidan, qamoqdan ozod qilinib, Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Sadir Japarovning tarafdorlari uni bu lavozimdan olinishiga qarshi ekanini aytishmoqda.

"Bu bizning so‘ngi imkoniyatimiz, Sadir og‘amizni saylashimiz kerak, oxirigacha turamiz. Sadir Japarovga to‘sqinlik qilishni to‘xtatinglar. Aida Qasimaliyeva sotqinlikni to‘xtat", kabi shiorlarni aytib, hayqirib turishibdi.

Shuningdek, markaziy maydonga qurolli kuchlar harbiylari, militsiya va xavfsizlik kuchlari yig‘ilmoqda.

Bugun Jo‘g‘o‘rqu Kengash deputatlari tushki soat 12 da navbatdan tashqari yig‘in o‘tkazishlari ma’lum qilingan edi. Biroq deputatlarning to‘liq kelmagani sabab, yig‘in kechki soat 16:00 ga qoldirilgan. Biroq oradan ikki soatga yaqin vaqt o‘tsa-da, deputatlar soni ozligi sabab, yig‘in boshlanmagan. Yig‘inga 46 deputat kelgan, olti nafari esa ishonch qog‘ozini yuborgan.

"Yig‘inga kamida 61 deputat qatnashishi kerak. Kvorum yo‘q bo‘lsa, unda, albatta, parlament davlat idorasi qatori yo‘q ekani ma’lum bo‘ladi", degan parlament spikeri Miqtibek Abdildayev.

Bu orada deputatlar alohida guruh bo‘lib, o‘zaro vaziyatni muhokama qilayotgani aytilmoqda.

Vitse-spiker, Aida Qasimaliyeva o‘zining Facebook sahifasi orqali uch kun avval Bosh vazir lavozimiga tayinlangan Sadir Japarovning nomzodini o‘zi bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlagan Jo‘g‘o‘rqu Kengashning ko‘pchilik koalitsiyasi deputatlariga murojaat qilgan.

"Biz Sadir Japarov parlament ichidagi va tashqarisidagi turli xil siyosiy kuchlarni birlashtiradigan, hukumat va muxolifat o‘rtasida ko‘prik bo‘ladigan, kelishmovchiliklarni bartaraf etishga yordam beradigan va yangi parlament saylovlarini bemalol o‘tkazishi uchun sharoit yaratadigan shaxs bo‘lib yetishishiga ishongan edik. Afsuski, so‘nggi bir necha kungi voqealar shuni ko‘rsatdiki, uning shaxsiy fazilatlari va xizmatlaridan qat’inazar, hozirgi paytda vaziyat shunday rivojlanganki, jamiyatning muhim qismi uni qabul qilishdan bosh tortadi va butun mamlakatni birlashtirish o‘rniga, aksincha, bo‘linish va kelishmovchiliklarni kuchaytiradi. Bizni bunday tavakkal qilishga haqqimiz yo‘q. Shuning uchun, hurmatli deputatlar, men Jo‘g‘o‘rqu Kengashning ko‘pchilik koalitsiyasiga avvalgi qarorini qayta ko‘rib chiqishni va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga yangi nomzod ko‘rsatishni taklif qilaman", deydi deputat Aida Qasimaliyeva.

Bu orada siyosiy doiralarda Bosh vazir lavozimiga Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchisi Alikbek Djekshenqulovning nomzodi olg‘a surilayotgani aytilmoqda. U deputatlarga xolis shaxs va hech qaysi bir partiyaning a’zosi emasligigi ma’qul bo‘layotgandek.

Shuningdek, Bosh vazir lavozimiga tahlilchi Taalat Masodiqov va O‘sh viloyatining sobiq hokimi Uzarbek Jilqiboyevlar ham ko‘rilayotgani xabar qilinmoqda.

Almazbek Atambayev yana qo‘lga olindi

Sobiq prezident Almazbek Atambayev, bugun, 10 oktyabr kuni, Bishkek yaqinidagi Qo‘y Tosh qishlog‘idagi uyida qo‘lga olingan. U bilan tan soqchisi Qanat Sag‘inbayev va Damir Musakeyev ham ushlangan.

Qirg‘iziston Milliy Xavfsizlik Davlat xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, sobiq prezident va uning tan soqchilari 9 oktyabr kuni Bishkekda yuz bergan voqea yuzasidan "Ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish" bo‘yicha ochilgan jinoiy ish doirasida qo‘lga olingan.

Hozirda bu ishga aloqador boshqa odamlarni ham qo‘lga olish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kecha, Bishkekdagi "Ala Too" markaziy maydonida sobiq prezident Almazbek Atambayev, sobiq Bosh vazir O‘murbek Babanov rahbarligidagi muxolif siyosiy kuchlarning tarafdorlari, Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Sadir Japarovning tarafdorlari bilan to‘qnashgan.

Muxolifat Bosh vazir lavozimiga yosh, bilimli odamlar kelishi kerakligini, Sadir Japarov esa bunga loyiq emasligini iddao qilgan. Qarshi taraf esa, aksincha, muxolifatning iddaolari asossiy ekanini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, ikki taraf bir-birlariga tosh otib, to‘qnashganlar. Muxolifat vakillari qo‘riqchilari yordamida maydonni tark etishga majbur bo‘lgan. Almazbek Atambayev va ayrim siyosatchilarning moshinalariga o‘q otilgan. Biroq xalok bo‘lgan, yoki yaralanganlar bo‘lmagan.

Hukumat ist’yefoga chiqarildi

Kecha, prezident Sooronbay Jeenbekov Bosh vazir Qubatbek Bo‘ro‘nov va Milliy Xavfsizlik Davlat qo‘mitasining rahbari, Xavfsizlik Kengashi rahbari va uning muovinini, Qurolli Kuchlar rahbarini ist’yefoga chiqargan.

Bosh vazir vazifasini vaqtinchalik bajarish Almazbek Batirbekovga yuklatilgan.

Qolgan idoralarni esa, bungacha muovin bo‘lib ishlagan rasmiylar boshqaradi.

"Xalq inqilobi" ortidan Ichki Ishlar Vazirligi rahbarligini egallagan Kursan Asanov hamda Xavfsizlik xizmati rahbari O‘murbek Suvanaliyevlar prezident yorlig‘idan so‘ng ushbu idora xodimlari tarafidan ko‘chaga kuzatib qo‘yilgan.

Shuningdek, prezident 10 oktyabrdan boshlab poytaxt Bishkekda favqulodda holat tartibini joriy etish farmonini ham chiqargan.

Bishkek shahar komendanti etib Almaz Orozaliyev tayinlangan. Komendant Bishkek hududida barcha fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun kechki soat 21.00dan, ertalabki 5.00 gacha komendantlik soati o‘rnatishni buyugan. Poytaxt komendatura faoliyatini olib boruvchi va unga ko‘mak beradigan davlat va kommunal xizmatchilari bundan mustasno.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан