Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Bitta o‘g‘lim bor edi,bitta" - ota Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan o‘g‘lini qidirmoqda
3.01.2021 10:02,  
648

"Joriy yilning 22 dekabr kuni 17 yoshli Abdulaziz Abdurasulov Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin, u ayni vaqtda otasi va mahalladoshlari tomonidan qidirilmoqda" - deya xabar bermoqda Effect.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolarda otasi mahalladoshlari bilan cho‘kib ketgan o‘g‘lini bir necha kundan beri kanaldan qidirayotgani aks etgan video tarqaldi.
“Abdulaziz, Abdulaziz” deya dod-faryod chekyapti ota. Bu dunyoda hech qachon ota-ona bolasining murdasini ko‘rmasin. Eng achinarlisi, Abdulaziz otasining yolg‘iz o‘g‘li edi.
“Bitta o‘g‘lim bor edi, bitta. Iltimos bolamni topishda yordam beringlar. Kanalni quritib berishsin, o‘sha hokimlarning ham farzandlari bor-ku”, deydi na o‘ligini na tirigi noma’lum bo‘lgan Abdulazizning otasi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgani aytilayotgan yigit deyarli ikki haftadan beri topilmayapti. Voqea Yozyovon tumanidagi Bo‘tqachi qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан