Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident: Bitta tadbirkor faoliyatini to‘xtatsa ham, «favqulodda holat» sifatida qarash kerak
8.01.2020 19:07,  
1294

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 yanvar kuni Davlat byudjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

2020 yil 1 yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amaliyotga tatbiq etildi. Bu islohotlardan asosiy maqsad – joriy va kelgusi yillarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir.

– Yagona yo‘limiz – tadbirkorlar sonini ko‘paytirish, odamlarni ishbilarmon qilish! Har bir hokim byudjetga qo‘shimcha daromadlarni ta’minlashi uchun o‘zi izlanishi, tadbirkorga sharoit yaratib, biznes vakillari bilan yelkama-yelka ishlashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Joylardagi rahbarlarning eskicha ish uslubi, energiya resurslari iste’moli va to‘lovi bo‘yicha hisob-kitob yuritishi, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga yondashuvi tanqid qilindi. O‘tgan yili Mirzo Ulug‘bek, G‘uzor va Muborak tumanlarida faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlar soni oshgani ko‘rsatib o‘tildi.

– Bitta tadbirkor o‘z faoliyatini to‘xtatsa ham, bunga “favqulodda holat” sifatida qaralishi kerak, – deya ta’kidladi Prezident. – Iqtisodiy barqarorlik asosi raqobatbardosh tadbirkorlarni ko‘paytirishdir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан