Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Biz bilgandik, biz kutgandik»– Yoshlar Ittifoqi raisi munosabat bildirdi
22.11.2019 12:46,  
8885

Bir vaqtlari ijtimoiy tarmoqlarda “biz bilgandik, biz kutgandik” degan madhlari bilan mashhur bo‘lgan qiz – «zulfiyachi» Ruxsora Masharipova katta sahnaga qaytib, bu safar Andijon viloyat hokimini maqtadi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda yana katta kulgini keltirib chiqardi.

Vaziyatga O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayev quyidagicha munosabat bildirdi:

“Asalning ham ozi shirin” degan gap bor. Xalq bunday chiqishlarni yoqlamaydi. U o‘zgargan. Emotsiyalarni jilovlay olish kerak. Yoshlar aniq maqsad bilan harakat qilishni o‘rganaylik. Maqtovlar ko‘paysa, ishdan baraka qochadi, dangasalashib o‘z ustimizda ishlamay qo‘yamiz, xalqqa bu erish tuyuladi.

Lekin u qizimiz alohida mavzu. Suhbat qurib ko‘rishimiz kerak. Unchalik biz o‘ylagan va tasavvur qilgandek emasligiga ishongim kelyapti. Emotsiyalarini jilovlashni o‘rgatish kerakdir, ammo uning sha’niga tegishli gaplar aytishingizni istamas edim. U ham kimningdir dilbandi, singlisi yoki jigargo‘shasi axir. Mayli fikrini bildirsin, biz uni eshitaylik, tegishli xulosa qilaylik, ammo birlashib qoralab tashlamaylik, ommaviy kiberyumor/memlar/kiberbullying qilib tashlamaylik. Fikr yoki so‘z qanday bo‘lmasin, uni eshita olishimiz kerak xoh tanqid xoh maqtov bo‘lsin. Meni o‘ylantirayotgani uning hozirgi holati va jamoatchilikka moslashish uchun qancha harakat qilishi va ma’lum vaqt davomida boshqalarning unga qay nazarda boqishini his qilyapman. Unga tengdoshlaridan bo‘ladigan bosimni his qilyapman. U bir kuni bu vaziyatni tushunib yetishiga ishonchim komil, ammo biz esa biroz vazmin va bag‘rikeng bo‘lishimizni xohlar edi.

P.S. Men uni juda himoya qilib yozgim kelyapti, ammo g‘ashingizga tegish niyatim yo‘q. Haddan ortiq maqtovni hech kim yoqlamasa kerak, ammo biroz bag‘rikeng bo‘laylik do‘stlar.

P.S.S. Bugun Xorazmda xizmat safarida edim, biz uchun oson kun bo‘lmadi bugun rostini aytsam. Bir infojang kuniga aylandi bugungi sana biz uchun. Kechki payt kelganimda bugun ijtimoiy tarmoqlarda “hayp” bo‘lgan mavzu haqida o‘ta sub’yektiv fikrlarim bilan bo‘lishgim keldi, xolos. Xayrli tun do‘stlar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан