Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bizga vaksina yo‘q — Alisher Qodirov koronavirusga qarshi vaksina O‘zbekistonga yetmasligidan xavotirda
16.02.2021 21:02,  
408

Kecha Koronavirusga qarshi kurashish Respublika komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Vaksina masalasi muhokama qilindi, deya xabar bermoqda deputat Alisher Qodirov.

«Mamlakatimizda mikrobiologiya sohasida dunyo e’tirof etadigan olimlar borligi va ularning fikrlari dunyoda davom etayotgan o‘rganishlarda ahamiyatli bo‘layotganiga xursand bo‘ldim. Ulardan biri, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekistonda Xitoyning Zijilong vaksinasini klinik sinov natijalari bo‘yicha taqdimot qildi.

Shaxsiy xulosalarim haqida ikki og‘iz aytmoqchiman.

Dunyoda vaksina biznesi boshlangan. Hamma o‘z vaksinasini o‘tkazishga harakat qilmoqda. Kimdir yopiq, kimdir ochiq bosim bilan, kimdir ilmiy hamkorlik orqali. Komissiya har qanday bosim ta’siriga berilmagan holda eng xavfsiz vaksinani tanlash uchun harakat qilayotganiga, men shaxsan to‘liq ishondim.

Bugun dunyoda 200 ga yaqin vaksina ustida ishlanayotgan bo‘lsa, Jahon sog‘liq tashkiloti bittagina vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazibdi - AQShning Pfizer kompaniyasi vaksinasi. Tushunarli. Lekin bu vaksinani eng yaxshisi emasligini bilish uchun natijalarga qarash yetarli bo‘ldi.

Biz Xitoyning Zijilong, Rossiyaning Sputnik V, Britaniyaning Astrazaneka va Hindistonning Bxarata Biontek vaksinalarini o‘rganyapmiz. Xitoy vaksinasini ishlashda bizning olimlar ham faol ishtirok etgani uchun ushbu vaksina nomlanishida -UZ qo‘shimchasi qo‘shilmoqda.

Bu sohada bilimdon emasman, lekin tushunganlarimni aytmoqchiman.

Vaksinalar 2 xil bo‘ladi:

a) Virusning o‘zidan olingan vaksina (Sputnik V). Tirik xujayradan iborat vaksina kutilgan vazifani bajarganidan keyingi uzoq davrda o‘zini qanday tutishini bilmaymiz. Ya’ni, vaksina qilingan odamning farzandida qandaydir kutilmagan gen paydo bo‘lib qolmasligiga kafolat berilmagan;

b) Gen muhandisligi natijasida olingan vaksina (Zijilong, Astrazaneka). Bu vaksinada foydalanilgan genlar yuklangan vazifani bajarganidan keyin faollikni to‘xtatadi va tanadan chiqib ketadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 7 mingdan ortiq odam shu vaksina bilan emlanibdi. Ijobiy natijalar haqida shaxsan emlanganlar aytib berishdi.

Bundan tashqari ayrim vaksinalarni tashish va saqlash uncha-muncha davlat tashkil qilishi qiyin bo‘lgan jiddiy tizim talab qiladi. Masalan, vaksinani saqlab turish uchun -80 daraja sovuq harorat ta’minlash, foydalanishga tayyorlash uchun 2 kunlik maxsus jarayon zarur (Pfizer). Saqlash muddati ham cheklangan. Katta pulga olib kelinsayu, odamlar vaksinani rad etsa nima bo‘ladi? Hamkorlikda ishlab chiqarish bo‘yicha takliflar rad etilmoqda.

Yana muhim tomoni, hamma vaksina ishlab chiqarayotganlar reklama uchun shovqin ko‘taryapdi, lekin «vaksina ber, puli naqd» degan takliflarga javob yo‘q. Masalan, Rossiyaning "Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha olimlarimiz joyida o‘rganib kelishdi, hali vaksinani ko‘p miqdorda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan. «Siz vaksinani reklama qilavering, biz sizga yetkazib beramiz» qabilidagi nasiya gaplar. «O‘zbekiston bizning vaksinadan foydalanyapdi», degan gap uchun bir quti vaksina bilan tashrifni ham ko‘rdik.

Qisqasi, olarmon pul to‘lamasa vaksina ishlab chiqaruvchilar xarajat qilmoqchi emas. Jahon sog‘liq tashkiloti esa bor vaksinani sharoiti og‘ir mintaqalarga birinchi bo‘lib yetkazib berish tarafdori. Bu AQSh bilan Yevropa bo‘lsa kerak, taxmin qilish qiyin emas. O‘zbekiston sharoiti mo‘’tadil davlat ekanligi sababli, bizga vaksina yo‘q. Demak, o‘zimiz uchun harakat qilishimiz kerak.

Davlat rahbari tomonidan aholini vaksina bilan ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Komissiya real holatdan kelib chiqib yaqin kunlarda masalani xalq vakillari bilan muhokama qilmoqchi», deydi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан