Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bloger Isroil Tillaboyev: "200 mingdan ziyod aholiga bir sutkadan buyon elektr berilmadi"
23.11.2020 11:53,  
313

Bloger Isroil Tillaboyev Telegram kanalida yozishicha, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida kecha yertalab soat 8 da o‘chgan yelektr bir sutkadan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da haligacha yonmagan.

"Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida kecha ertalab 8 da o‘chgan elektr, mana, hozir bir sutkadan oshgan bo‘lsa hamki, yongani yo‘q! 

Natijada 200 minga yaqin aholi elektrsiz o‘tiribdi. 

Kecha kechqurun 200 dan ziyod aholi tuman Elektr tarmoqlariga kelib, janjal ko‘targan, tuman hokimiga olib borgan. Transformatori kuyib ketganmish. 

Hokimiyat xodimlari maktab, bog‘chalarni qish mavsumiga tayyorgarligini tekshiravermasdan elektr tarmoqlari, gaz idoralarini ham mavsumga tayyorgarligini tekshirsa bo‘lmaydimi?

Xalqni kundan-kunga sabrini maksimal darajasini sinab, biron kor-hol boshlashini kutmoqdami bu rahbarlar?

O‘zi kunda har kuni tuzuk yonmagan elektrni aholiga endi tikkalay sutkalab bermaslikni odat qilishga o‘tdilaringmi? 

Butun tumanni zimistonga qo‘yish uchun qanchalar mas’uliyatsiz rahbar bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilolmayapman. 

"Iste’molchilar oshib ketgani tufayli..." , deb boshlanuvchi bahonalaringdan dod! 

Insof tilaymiz, chunki boshqa narsa qo‘limizdan kelmaydi", deb yozmoqda bloger Isroil Tillaboyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан