Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bloger minbari: Ikki karra ikki - besh
12.08.2019 13:03,  
258

Mana bugun biz majburiy mehnat masalasini yoritish uchun brifingga yig‘ildik. Respublikada o‘z viloyatini eng ko‘p mehnatga majburlayotgan hokim bilan uchrashib ayblarini bo‘yniga qo‘yamiz. Qaysi viloyat hokimi deysizmi? Nima farqi bor, hammasi mehnatga majburlaydi. Asosiysi, bugun ular bizning dalillarimizdan qochib qutulolmaydi. Hammasini bo‘yniga qo‘yamiz. Hokim janoblari qarshimizda o‘tiribdi.

 - Janob hokim, viloyatingizdagi majburiy mehnat holatlari bo‘yicha savollarimiz bor.

- Marhamat.

 - Mana bu markaziy shifoxona do‘xtirlari imzolagan shikoyat xati. 75 xodim imzolagan. Siz ularga ariq tozalatgansiz. Bunisi fotosuratlari.

 - Bu isbot emas, oldi-qochdi gap. Dalil bilan gaplashish kerak.

 - Mana bu audioda esa siz “hammang hasharga chiq, haromilar. Dars qochib ketmaydi. Hech kimdan qo‘rqmayman, qonuninggayam tupurdim” deganingiz yozilgan. Tugmani bosdim, eshitamiz...

 - To‘xtang. Biz jurnalistlarni hurmat qilamiz. Ammo qachonki, ular dalilisbot bilan gapirganda. Axir, bu audio asos o‘rniga o‘tmasligini qachon tushunasizlar?

 - Proyektor ekraniga qaraymiz. Unda siz o‘tgan hafta liniyadagi “Damas”chilarni to‘xtatib, shag‘al tashishga majburlaganingiz ko‘rsatiladi. Eshityapsizmi, “Damas”chilarga qo‘lingizni shop qilib, “o‘n besh sutkaga ketasan, ahmoq” deyapsiz. Ekranga qarab ko‘zingizni qisib ham qo‘ydingiz.

 - Bo‘lmagan gap, men unday demayman. O‘z viloyatim aholisi o‘z farzandimday ko‘raman. Uning obodonchiligi o‘z qo‘limizda. Asosiysi shuki, bu videongiz isbotlikka yaramaydi. Dalil kerak.

 - Yaxshi. Sizdan mashinaga birga o‘tirib N. Tumaniga borishni so‘rayman. O‘tiring, janob hokim. Mana N. Tumaniga yetib keldik. Tasvirchilarimiz shay holatda. Janob hokim, ro‘paramizdagi panjarani kraskalayotganlar 56maktab o‘qituvchilari bo‘ladi. Sizning fuqarolaringiz.

 - Ular bo‘yoqchilar.

 - Afsuski, bo‘yoqchi emas. Ularning o‘zidan so‘raymiz. Ko‘k ro‘molli kennoyi, mikrofonga gapiring.

 - Ha, men 56maktabning “odobnoma” o‘qituvchisiman. Bizni o‘n kundan buyon majburlab ishlatishyapti. Hamma joyga ariza yozdik, internetga video chiqardik – kor qilmadi.

 - Muxbir uka, bularni men majburlamaganman. Sizlarga hokimni tanqid qilish bo‘lsa. Bular ko‘ngilli hasharchilar. Hozir, menga ikki minut ijozat.

 - To‘xtang, suhbatimiz tugamadi, hali.

 - O‘o‘v, daraxt tagida gap sotayotgan qan**qlar! Panjarani enang bo‘yaydimi? Basharengga tuflab yuborardim, marazlar, kamera qarab turibdi. He, itdan tarqagan, ol, qo‘lingga cho‘tkani. Tupurdim, o‘qituvchiliginggayam, do‘xtirliginggayam, diplominggayam. Ishla, deyman, hayvonlar.... Bo‘ldi uka, savollaringizni beravering. Bizda majburiy mehnat mavjudligiga isbot keltirish mumkin emas, chunki u yo‘q.

 - Hozir biz mehnatga majburlash holatining guvohi bo‘ldik. Bu tasvir to‘g‘ridanto‘g‘ri uzatilmoqda.

 - Sog‘ bo‘ling. Biz barcha savollarga javob berishga tayyormiz. Prezidentimiz aytganlaridek davlat organlari hamisha ochiqoshkoralik tamoyillarida ishlaydi. Biz o‘z kamchiliklarimizni ko‘rsatgan faol jurnalistlarimizdan minnatdormiz. Eng asosiysi, siz bugun bizning viloyatda majburiy mehnat yo‘qligining guvohi bo‘ldingiz.

daryo.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан