Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bloger minbari: Samarqanddagi bog‘chada gaz balloni portlaganini tuman hokimi eshitdimi?
15.06.2019 16:49,  
34

Joriy yilning 13 iyun kuni taxminan soat 12:30 larda Samarqand viloyati Samarqand tumani Andijoni mahallasida joylashgan 30-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasida maishiy gaz balloni portlagan va yong‘in vujudga kelgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun kamida to‘rtta o‘t o‘chirish avtomobillari jalb qilingan.

Oradan mana ikki kun o‘tgan bo‘lsa-da tuman hokimi Shuhrat Djamolov na voqea joyiga shaxsan borgan va na holat yuzasidan tuman ishchi guruhini tuzgan.

Gaz portlaganidan keyingi kuni bog‘cha shtat rejimda faoliyat ko‘rsata boshlagan. Oshxonasi kuyib kul bo‘lgan bog‘chadagi bolalarga qanday qilib ovqat tayyorlab berilayotgani noma’lum. Bog‘cha mudirasi yong‘in holatini yashirish maqsadida tezlik bilan o‘z hisobidan muassasa oshxonasini ta’mirlamoqda, hattoki, akfa romlari o‘rnatilgan. Yong‘in bo‘yicha Maktabgacha ta’lim vazirligi ham xabardor etilmagan.

Bog‘cha yaqinidagi bir nechta odamlarning portlash ovozini eshitib, «101» qisqa raqamiga aynan «portlash bo‘lganligi» yuzasidan murojaat etganiga qaramasdan o‘t o‘chiruvchilarning yong‘in dalolatnomasida «portlash holati» ro‘yxatga olinmagan. Tuman o‘t o‘chirish bo‘limi ham, viloyat o‘t o‘chirish boshqarmasi rahbariyati ham holat yuzasidan «ko‘chadan kelgan» odamlarga ma’lumot bermasligini bildirdi.

Qo‘shni qishloqlardagi kattalarni cho‘chitgan bu portlash voqea yonida bo‘lgan 200dan ortiq yosh bolalarga qanday ta’sir etganligi noma’lum.

Portlash holati yashirilganligi natijasida yosh bolalarga tibbiy yoki psixologik yordam ko‘rsatilmagan. Voqea kunduz kuni jamoat joyida bo‘lganligi sababli jabrlanganlar ham bo‘lishi mumkin.

Samarqand tumani Andijoni mahallasidagi gaz portlashi va yong‘in natijasida 200dan ortiq voyaga yetmagan bolalarning huquqlari buzilib kelinayotganligi bo‘yicha Bosh prokuratura va Maktabgacha ta’lim vazirligining e’tibor karatishlarini so‘raymiz.

Samarqand tumani hokimi Shuhrat Djamolov va Samarqand viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati harakatlariga ham qonuniy baho berilishiga umid bildiramiz.

Mirzo Subxanov

msubxanov.blogspot.com

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан