Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bloger Otabek Nuritdinov aroq do‘koni egalari tomonidan kaltaklandi (video)
18.02.2020 16:23,  
2843

Asakalik bloger Otabek Nuritdinov Xolid ibn Valid jome’ masjidi yaqinida aroq do‘koni ochilgani haqida fotopost joylaganidan so‘ng do‘kon egalari tomonidan kaltaklangan. Bu haqda blogerning o‘zi Feysbukda ma’lum qildi.

MAVZUGA DOIR: Asakalik bloger bir kunda 3 ta modda bilan javobgarlikka tortildi

Bugun ertalab bloger "Ushbu rasmga ko‘zim tushib, birinchi kelgan xayol shu do‘konda savdo qilayotgan va do‘kon egalari o‘zimizning o‘zbeklarmikin? deb o‘yladim. Asakadagi ishlab turgan Xolid Ibn Valid masjidi va Asaka tumani hokimligi matbuot xizmatidan munosabatini kutib qolamiz" deb yozib, shu suratlarni ilova qilgan.

MAVZUGA DOIR: Cudya maslahatga ham kirmay, Otabek Nuritdinovga nisbatan chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz qoldirdi

Blogerning aytishicha, rasmni chiqargandan so‘ng uning oldiga aroq do‘konining egasi va onasi kelib, nima maqsadda chiqarganini so‘rashgan. 

Otabek Nuritdinov "Agar hujjatlaringiz to‘g‘ri bo‘lsa va mening postimdan norozi bo‘lsangiz, IIB xodimlari yoki sudga murojaat qilishingiz mumkin", deb aytgan.

Shundan so‘ng yigitlar agressiv munosabatda bo‘lib, blogerga musht tushirgan. Blogerning ta’kidlashicha, yigitlar unga o‘lim bilan ham tahdid qilishgan.

Bloger o‘zining va onasining shaxsiy telefon raqamini do‘kon egalari ichki ishlardan olganini taxmin qilmoqda.

MAVZUGA DOIR: Bloger Otabek Nuritdinovga yana ish ochildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан