Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bloger Otabek Nuritdinovga yana ish ochildi
12.01.2020 10:57,  
5521

Asaka tumanidagi byudjet chiqimlari va ta’lim tizimidagi korrupsiyani surishtirayotgan vaqti qo‘lga olinib ma’muriy jazoga tortilgan andijonlik bloger Otabek Nuritdinovga yana ikki ariza bo‘yicha ish ochildi. Bu haqda Bi-Bi-Si o‘zbek xizmati xabar qildi.

Andijonda 15 sutkalik qamoq jazosini o‘tayotgan bloger yaqinlariga unga nisbatan ikki ariza bo‘yicha surishtiruv ishi boshlanganini aytgan.

Otabekning aytishicha, arizalarni Asaka tuman bozorkomi va Marhamat tumanidagi bir maktab direktori yozgan.

Yaqinlarining aytishicha, Nuritdinov yotgan xonaga 5 kundan beri 3 nafar formasiz organ xodimlari kelib, unga nisbatan qo‘yilgan ayblarni bo‘yniga olish kerakligini aytib bosim qilgan.

"Bezorilik aybini bo‘yniga olishni avvaliga maslahat qilgan, keyin talab qilib tahdid qilishgan. Rossiyadagi ishlaringni kovlaymiz, mashinangni qaysi pullarga olgansan, mashinangni musodara qilib arzon narxda sotvoramiz, deyishgan", deydi onasi Matluba Qurbonova Bi-bi-siga.

10 yanvar kungi suhbatda Otabek Nuritdinov vaziyat qaltislashayotganini aytgan.

"Vaziyat qaltislashdi, meni sahifamdan kirib post tashlang 2 ta delo ochilganligi to‘g‘risida, terrorizmdagi yigitlar ishlashyapti", deb aytgan Otabek Nuritdinov onasiga.

Bi-bi-si gaplashgan o‘zbekistonlik yuristning aytishicha, tuhmat bo‘yicha ikkinchi marta ariza tushsa, u jinoiy ishga aylanadi.

"Otabekni 15 sutkalik qamoq muddatini o‘tab bo‘lmasdan tushgan ikkinchi arizalar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortib, yana qamoq jazosiga hukm qilib yuborishlari mumkin. 15 sutkalik muddat davomida ayblanuvchiga boshqa kattaroq ishni to‘qish O‘zbekistonda keng yoyilgan", deydi yurist.

Nafaqat O‘zbekistonda, xorijda ham ovoza bo‘lib ulgurgan va xalqaro tashkilotlar davomi qay yo‘sinda kechishini kuzatib turgan bloger Otabek Nuriddinovning ishidagi yangi tafsilot borasida Bi-bi-si O‘zbekiston Bosh Prokuraturasiga murojaat qildi.

O‘zbekiston Bosh Prokuraturasi quyidagilarni ma’lum qildi:

"Bloger A.Nuriddinovni hatti-harakatlari yuzasidan fuqarolardan shikoyatlar (A.Nuriddinov tuhmatlardan iborat ma’lumotlar tarqatish orqali tanishlarini ishga joylashtirish, moddiy manfaatdor bo‘lishi kabi) kelib tushmoqda. Asaka tumani IIB tomonidan ushbu shikoyatlarda ko‘rsatilgan vajlarni o‘rganish yuzasidan tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан