Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bloger: Talabalarga stipendiya berilishi kerakmi?
2.02.2017 12:56,  
121

Bir necha kun avval Feysbukdagi «Maslahat.uz» guruhida Xushnudbek Xudayberdiyev kelgusida oliy ta’lim muassasalarining barcha talabalariga semestrni qanday bahoda yakunlashidan qat’i nazar bir xil miqdorda stipendiya tayinlanishi mumkinligi haqida yozgandi. Unga turlicha munosabat, yondashuv va fikrlar bildirildi. Ba’zilar bu o‘zgarishlarni qoralab, barcha talaba bir xil stipendiya olsa, ayrimlarning xafsalasi pir bo‘lib, o‘qishdan ko‘ngli qolishi, dangasalikka berilib ketishi mumkinligini yozishdi. Stipendiya masalasida mening pozitsiyam bunday: stipendiyalarni butunlay bekor qilish kerak!

Birinchidan, stipendiya oliygohlarda poraxo‘rlikning avj olishiga asosiy sababchilaridan. Tan olish kerak, oliy ta’lim tizimi bo‘g‘zigacha korrupsiyaga botgan va uning asosiy qismi sessiyalar davomida amalga oshiriladi. Har bir bahoning o‘z «stavkasi» bor va guruh sardorlari o‘qigan-o‘qimagandan yig‘ib olib, kelishilgan joyga olib borib, aytilgan odamga yetkazadi. Pul bermagan talabaga Misr fir’avnlari boshiga tushgan falokatlar yog‘iladi. Aksariyat talabalar birinchi semestrda bor kuch-g‘ayrati bilan o‘qiydiyu, sessiyadagi adolatsizliklardan keyin o‘qishni 99 foizga tashlab qo‘yadi. Har bir oliygohning «qalbi» bo‘lgan «kommunist» domlani fanidan boshqalarni yig‘ishtirib, o‘zini korrupsiyaga moslashtirib, tayyorlab boradi.

Ikkinchidan, stipendiya talabalarni asosiy maqsaddan uzoqlashtirib yuboradi. Asl maqsad — malakali kadr bo‘lish, kelajakka tayyorlanish, bilimlar, amaliyotdagi tajribalar va ustozlar o‘giti bilan qurollanish bo‘lishi kerak.

Uchinchidan, talabalar hali yosh, ular arzimagan narsalar sababli «sinib qolishi» kerak emas! Pul, moddiy qiyinchiliklar o‘tkinchi, talaba hayot mashaqqatlari oldida ojiz qolmaslikni o‘rgansin. Qolaversa, stipendiya bekor qilinsin, degani talabalar ijtimoiy muhofazadan mahrum etilsin, degani emas. Haqiqatdan ham moddiy yordamga muhtoj talabalarga davlat organlari, yirik kompaniyalar, jamoat tashkilotlari va xayriya fondlari stipendiyalarini joriy qilish, bunda talabaning darsga qatnashi, bilim olish darajasi, intilish va qiziqishlari, erishayotgan yutuqlari va albatta moddiy ta’minlangani, boshqa viloyat va hududlardan kelib ijarada yoki yotoqxonada yashayotgani kabilar inobatga olinishi lozim.

Talabalarga stipendiya berilmasligi kontrakt pullariga ta’sir ko‘rsatmasligi, tejab qolingan mablag‘lar oliygohlar moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi va o‘qituvchilar maoshiga qo‘shimcha sifatida berilishi kerak. Xullas, bozor iqtisodiyoti talablarini asta-sekin joriy etaverish lozim. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, o‘zing uchun o‘l yetim, qabilida ish tutmasak, hayotimiz davomida kimlarning qo‘liga qarab, ularga qaram bo‘lib yashayversak, ahvolimiz o‘nglanmaydi, oyoqqa turishimiz og‘ir va juda uzoq vaqt davom etadi. O‘zbekiston ham rivojlangan davlatlar yo‘lidan borib, ijtimoiy himoyaning adolatli, tartibli, qonuniy asoslarini hayotga tatbiq etishi kerak.

Sanjar Said

manba: sanjarsaid.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан