Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bloger xabari: Milliy aviakompaniyaning yoshi 20 yildan oshgan samolyoti birinchi martada yerga qo‘na olmadi
13.08.2019 12:42,  
21
2019 yil 11 avgust kuni "Uzbekistan Airways" Milliy aviakompaniyasining HY778 reysi bilan Bishkekdan uchib kelgan samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga faqat ikkinchi urinishda muvaffaqiyatli qo‘na oldi.
Boing-757 rusumli samolyot bortidagi yo‘lovchilar ichida men ham bor edim. Samolyot birinchi marta yerga qo‘nishiga bir bahya qolganida keskin siltana boshladi va qo‘na olmasdan qayta havoga ko‘tarildi. Bu holat samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchilarda vahima va qo‘rquv uyg‘otdi, odamlar dod-voy solishdi. Shunga qaramasdan ekipaj a’zolaridan biron kim yo‘lovchilarga holat yuzasidan na ma’lumot va na ogohlantirish berdi.
Samolyot faqat ikkinchi martada yerga qo‘ndi, lekin shunda ham yuzaga kelgan noxush holat yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘ralmadi. Ushbu vaziyat aviakompaniya xodimlarining fors-major holatlarga tayyor emasligidan dalolat bermoqda.
"Uzbekistan Airways" MAK foydalanishida bo‘lgan Boing-757 samolyotlari yoshi 20 yildan oshganligini alohida aytib o‘tish joiz. Bu rusumdagi samolyotlarni ishlab chiqarish 2004 yilda to‘xtatilgan.
Samolyotning qo‘nish paytida keskin siltanganligi va faqat ikkinchi martada yerga muvaffaqiyatli qo‘na olganligi yuzasidan Milliy aviakompaniyadan rasmiy munosabat kutib qolamiz.
 
Mirzo Subxanov

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан