Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Blogerning filmidan keyin OIV testi haqidagi Google so‘rovlari soni 5550 %ga oshdi
17.02.2020 16:37,  
484

11 fevral kuni rossiyalik taniqli youtuber Yuriy Dud o‘zining You Tube kanaliga “Rossiyadagi OIV — muhokama qilinmaydigan epidemiya” hujjatli filmini joyladi.

Film o‘tgan hafta davomida 12,7 million marta ko‘rildi.

Film internetning rus segmentida rosa muhokamalarga sabab bo‘ldi. Film chiqishi ortidan OIVni aniqlaydigan testlar bo‘yicha Google so‘rovlari 5550 %ga oshgan. Bu tendensiyaga birinchi bo‘lib facebook foydalanuvchisi Inna Gavrilova e’tibor qaratdi deb xabar qiladi TJournal.

O‘tgan haftadagi butun dunyo bo‘ylab OIV testi haqidagi Google so‘rovlari

Sankt-Peterburgdagi “OITS va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish va qarshi kurash Markazi” bosh shifokori Denis Gusevning aytishicha, 11–13 fevral kunlari Sankt-Peterburgda anonim ravishda OIVni tekshirtirishni istagan odamlar soni ikki barobarga ko‘paygan.

Shunga o‘xshash statistika “Invitro” laboratoriyasi tomonidan ham qayd etilgan. Novosibirsk va Yekaterinburgda ham OIV sinovlariga talab oshgani qayd qilingan. 

Rossiyadagi ayrim amaldor hamda deputatlar ham filmni ko‘rgan va unga munosabat bildirgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Oleg Sagalay filmni “foydali” deb atadi. Film Duma [Россия парламенти қуйи палатаси]ning sog‘liqni saqlash bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fedot Tumusov tashabbusi bilan Davlat Dumasida deputatlar tomonidan tomosha qilindi.

Rossiya savdo-sanoat palatasi boshlig‘i Aleksey Kudrin ushbu filmni ko‘rganidan keyin 2018 yildan beri OIVga qarshi kurash uchun sarflanayotgan mablag‘larning samaradorliligini tekshirib ko‘rishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Kudrin OIVni koronavirusdan ko‘ra havfliroq deb atadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан