Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bloomberg 2020 yilning «asosiy insonlari» ro‘yxatini e’lon qildi
5.12.2020 18:07,  
326

Ular beshta: biznes, ko‘ngilochar, moliya, siyosat, fan va texnologiyalar sohalari bo‘yicha taqsimlangan.

Bloomberg agentligi 2020 yilda o‘z sohasida eng yuqori natijalarga erishgan 50 kishidan iborat ro‘yxatini taqdim etdi. Ular beshta: biznes, ko‘ngilochar, moliya, siyosat, fan va texnologiyalar sohalari bo‘yicha taqsimlangan.

Agentlik siyosat yo‘nalishida Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya, Urugvay prezidenti Luis Lakale Pou (janubiy Amerikada koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari eng past darajada bo‘lgani uchun), Black Lives Matter harakati asoschilari Alisiya Garz, Patris Kallors va Opal Tometi, Isroil bilan munosabatlarni yaxshilagan Abu-Dabi shahzodasi Muhammad ibn Zayd ol Nohayyonni e’tirof etdi.

Biznes yo‘nalishida to‘qqizta savdo tarmog‘ini peshtaxtalarining 15 foizini qora tanlilar rahbar kompaniyalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun ajratishga ko‘ndirgan Fifteen Percent Pledge loyihasi asoschisi Avrora Jeyms, ish tashlash qilmasliklari uchun 1,7 mingdan ortiq tibbiyot xodimlariga 10 mln dollar bergan Econet Group asoschisi Strayv Masayia, Netflix asoschisi Rid Xastings qayd etildi.

Bloomberg moliya yo‘nalishida koronavirus pandemiyasi davrida Xalqaro valyuta jamg‘armasiga a’zo mamlakatlarga kreditlar ajratishni 50 foizga oshirgan jamg‘arma direktori Kristalina Georgiyeva, Robinhood moliya kompaniyasi asoschilari Bayju Bxatt va Vladimir Tenev, Citigroup bankining ilk ayol rahbariga aylangan Jeyn Freyzerni ajratib ko‘rsatdi.

Agentlikning qayd etishicha, ko‘ngilochar sohada eng katta muvaffaqiyatga xonanda Billi Aylish, aktrisa Selesta Barber, faol Kolin Kapernik va Universal Filmed Entertainment Group rahbari Donna Lengli erishgan.

Fan va texnologiyalar yo‘nalishida Contemporary Amperex Technology rahbari Zeng Yukun, SpaceX prezidenti Gvinn Shotvell, Amazon sobiq vitse-prezidenti Tim Brey, Oq uyning bosh immunologi Entoni Fauchi tilga olindi.

Bloomberg ismlari «hech kimni hayron qoldirmaydigan» shaxslarni alohida ro‘yxatga kiritdi. Bu ro‘yxatdan AQSh prezidenti Donald Tramp, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, KXDR yetakchisi Kim Chen In, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron o‘rin oldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан