Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BMT bosh kotibi Isroil Iordan daryosi vodiysini anneksiya qilmoqchi ekanligidan tashvishda
12.09.2019 11:58,  
17

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning “hududdni bosib olishni xohlayotgani”ni aytgan so‘zlaridan keyin Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i bilan bog‘liq vaziyatdan tashvishga tushganini bildirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Avvalroq Netanyaxu mamlakatni boshqarayotgan “Likud” partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozonsa, Iordan vodiysini Isroilga qo‘shib olish haqida gapirgandi.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, agar Isroil bosh vaziri o‘zi aytgan gaplarni amalga oshiradigan bo‘lsa, bu xalqaro qonunlarni o‘ta qo‘pol ravishda buzish bo‘ladi.

Bundan tashqari, isroillik siyosatchining bu amali Falastin va Isroil o‘rtasida muloqot boshlash istiqbolini ham yo‘qqa chiqaradi.

“Bu muammo ayni hududda ikki davlat yashay olishi g‘oyasiga zarar yetkazadi”, deb ta’kidlagan Guterrish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан