Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BMT dunyo mamlakatlarida bolalik nechi yoshdan tugashini ma’lum qildi
3.06.2019 14:57,  
96

Birlashgan Millatlar tashkilotining “Bolalarni asrang” fondi “Bolalik qachon tugaydi?” nomli umumjahon reytingini e’lon qildi.

Unday aytilishiga ko‘ra, “Bolalik tugashi” deganda bolalikning - o‘lim, erta ishlashni boshlash, erta turmushga chiqish yoki homilador bo‘lish kabi qiyinchiliklar boshlanish holatlari tushuniladi.

2019 yilning “Bolalik qachon tugaydi” nomli reytingida O‘zbekiston 72 o‘rinni egallagan va 887 ball olgan. Bu o‘tgan yilgan nisbatan 98 ball yuqori degani. O‘zbekistonda bolalar sog‘ligini yaxshilash va ularni erta o‘limdan asrab qolish ancha yaxshilangan.

Balllar qanday hisoblanadi? Har bir mamlakat jamlagan bali 1000 sonidan ayirilganda, ushbu mamlkatda bolalikni vaqtidan oldin yo‘qotgan bolalar soni kelib chiqadi. Demak O‘zbekistonda (shartli ravishda) 113 nafar bolakay bolalik bilan barvaqt xayrlashishga majbur bo‘lmoqda.

Dunyoning qolgan 176 mamlakati bilan solishtirganda buni o‘rtacha ko‘rsatgich deyish mumkin.  Xususan, qo‘shni mamlakatlar Rossiya - 38, Qozog‘iston – 40, Ukraina – 42, Turkmaniston – 67, Tojikiston – 90 va Qirg‘iziston – 94 o‘rinlarni egallashgan.

Reytingda eng yuqori ball jamlagan mamlakatlar esa – Singapur, Shvetsiya, Finlandiya, Norvegiya, Sloveniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Yujnaya Koreya va Belgiya. Reytingning eng pastida Afrika respublikalari.

Unda aytilishiga ko‘ra butun dunyo bo‘yicha so‘nggi 20 yil ichida bolalar hayoti sifati ancha yaxshilangan.

Dunyoda “Baxtli bolalik” ko‘rsatgichlari yaxshilanmoqda

BMT hisobotiga ko‘ra, dunyo miqyosida bugungi kunda (2000 yilga qaraganda):   5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida o‘limlar soni 50 foizga, voyaga yetmaganlarni ishlatish holatlari  40 foizga, qotillik quboniga aylangan bolalar soni 17 foizga, 15 yoshgacha turmushga chiqish holatlari 25 foizga kamaygan.  

Va shu bilan birga butun dunyoda to‘yib ovqat yeydigan bolalar soni soni - 33%ga, maktabda ta’lim olayotgan bolalar soni - 12 foizga  tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan bolalar soni  - 35 foizga ko‘paygan.  

Hisobotga ko‘ra, xalqaro tashkilotlar va mahalliy hukumat ko‘magida bolalar hayoti sifatini yaxshilash ayniqsa Hindiston, Bangladesh, Efiopiya, Meksika, Fillipin, Afg‘oniston va Kolumbiyada muvaffaq bo‘lingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан