Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BMT rezolyusiyasi Orolbo‘yi mintaqasi tarixida yangi sahifa ochadi
20.05.2021 08:42,  
156

Orol fojiasi zamonamizning eng yirik ekologik muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Bugungi kunda ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni birlashtirish O‘zbekiston tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish to‘g‘risidagi rezolyusiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusi bilan chiqib, jahon hamjamiyati e’tiborini yana bir bor Orol fojiasiga qaratdi.

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining navbatdagi yalpi majlisida ushbu rezolyusiya loyihasi ma’qullandi.

Ushbu hujjat O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda mintaqada ekologik inqiroz oqibatlariga barham berish va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, aholi turmush sharoitini oshirish yo‘lidagi harakatlarining mantiqiy davomi bo‘ldi. Rezolyusiya qabul qilinishi Orolbo‘yi mintaqasi tarixida yangi sahifa ochadi va Orol dengizi inqirozi oqibatlari yumshatilishi, Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga qaratilgan harakatlarni birlashtirga xizmat qiladi.

Sodiq Safoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Senati Raisining birinchi o‘rinbosari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан