Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BMT Xavfsizlik Kengashi Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda
30.09.2020 10:54,  
113

BMT Xavfsizlik Kengashi Armaniston va Ozarbayjonni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda sentyabr oyida Xavfsizlik Kengashi Raisi, Nigerning BMTdagi doimiy vakili Abdu Abarri yopiq maslahatlashuvlar natijalari bo‘yicha aytib o‘tdi.

"BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari tashkilot Bosh kotibining tomonlarga urush harakatlarini darhol to‘xtatish, ziddiyatlarni kamaytirish va darhol muzokaralarga qaytish to‘g‘risida murojaatini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar", - dedi janob Abarri. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashi mojaroning har ikki tomoni bilan "ularga umumiy til topishda yordam berish" maqsadida muzokaralar olib borishga tayyor.

Avvalroq, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Armaniston va Ozarbayjonni to‘qnashuvlarni to‘xtatishga va muzokaralarga qaytishga chaqirgan edi, u kuch ishlatilishini va harbiy xizmatchilarning o‘ldirilishini qoraladi.

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘dagi ziddiyatning avj olishi 27 sentyabrdan beri davom etmoqda. Mamlakatlarda harbiy holat joriy qilindi va fuqarolarning safarbarligi e’lon qilindi. Mojaroning har ikki tomoni halok bo‘lgan va yaralangan fuqarolar va harbiy xizmatchilar hamda harbiy texnika yo‘q qilinganligi haqida xabar berishdi. Yerevan Armanistonning Su-25 harbiy samolyotini Turkiyaning F-16 qiruvchisi Armaniston hududida urib tushirganini da’vo qilmoqda. Turkiya va Ozarbayjon esa buni inkor etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан