Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BMTning Din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga keladi
5.08.2021 08:54,  
34

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov BMTning Din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Maxsus ma’ruzachi yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishini qutlar ekan, mazkur hujjat diniy erkinlikni ta’minlash bo‘yicha qonunchilik tizimiga ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar olib kelganini ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida ushbu qonunning qabul qilinishi barcha dinlar va e’tiqodlar uchun inklyuziv makonni qo‘llab-quvvatlash imkonini beruvchi samarali huquq-tartibotni ta’minlashga qaratilgan o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichini boshlab bergani qayd etildi.

Ahmad Shahid O‘zbekiston hukumatining uning ofisi va boshqa xalqaro tuzilmalar hamda ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorligining izchilligiga yuqori baho berib, mamlakatimiz bilan o‘rnatilgan konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

Shu nuqtai nazardan, Ahmad Shahid joriy yil sentyabr oyida O‘zbekistonga safar qilib, Nyu-York shahri universiteti (CUNY-RBI) huzuridagi Ralf Banch nomidagi xalqaro tadqiqotlar instituti va Esseks universiteti huquqshunoslik maktabi (Essex-HRC) yordamida texnik ko‘mak dasturini ishga tushirishga tayyorligini ma’lum qildi. Safar dasturida tegishli davlat idoralari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminar va treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, BMT doirasida qo‘llanilayotgan inson huquqlari ko‘rsatkichlariga asoslangan milliy monitoring va baholash tizimini ishlab chiqishda maslahat yordami ko‘rsatiladi.

BMT maxsus ma’ruzachisi «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumini o‘tkazish rejasini olqishlab, mazkur anjuman yakunlari bo‘yicha «Buxoro deklaratsiyasi» qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. U O‘zbekiston tarixan diniy va konfessional xilma-xillikning boy merosiga ega ma’rifatli islom markazi bo‘lib kelgan, deb fikr bildirdi.

Ahmad Shahid «Buxoro deklaratsiya»si loyihasini ishlab chiqishda zarur maslahat yordami ko‘rsatishini, shuningdek, dekabr oyida ushbu xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yana bir bor safar qilishini tasdiqladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан