Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BMTning sobiq bosh kotibi Peres de Kuelyar 100 yoshida vafot etdi
5.03.2020 16:49,  
100

O‘tmishda BMT bosh kotibi va Peru bosh vaziri bo‘lgan Xaver Peres de Kuelyar 2020 yil 4 mart kuni 100 yoshida vafot etdi.

BMT sobiq rahbarining o‘g‘li RPP radiostansiyasiga aytishicha, otasi Perudagi o‘z uyida vafot etgan. Xaver Peres de Kuelyar dunyodagi eng keksa siyosatchilardan edi.

U BMT bosh kotibligini ketma-ket ikki marta – 1982 yil 1 yanvardan 1991 yil 31 dekabrgacha egallagan edi. Peres de Kuelyar o‘z faoliyati davomida Lotin Amerikasi, Afrika, Osiyo va Yaqin Sharqda ko‘plab muhim tinchlik shartnomalari imzolanishiga erishgan.    

Uning eng katta yutug‘i 1988 yili – sakkiz yillik urushdan keyin Eron va Iroq o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi muzokaralar bo‘lgan. 

BMTning joriy bosh vaziri Antoniu Guterrish Peres de Kuelyarning vafotidan “qattiq qayg‘uga botgani”ni aytdi. “U tajribali davlat arbobi, mohir diplomat bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ham, butun dunyoga ham katta ta’sir o‘tkazgandi”, dedi Guterrish.

O‘z navbatida Peru prezidenti Martin Viskarra Tvitterdagi chiqishida Peres de Kuelyarni “haqiqiy demokrat, butun umrini ishga bag‘ishlagan inson”, deya atadi.

Xaver Peres de Kuelyar 1991 yili BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida/JEAN-MICHEL TURPIN / CONTRIBUTOR

 

Huquqshunos va diplomat

Peres de Kuelyar Peru poytaxti Limadagi Katolik universitetida huquqshunoslikni o‘rganganidan keyin mamlakat tashqi ishlar vazirligida diplomatik faoliyatini boshlagan. 

U Peruning Yevropa va Lotin Amerikasidagi barcha elchixonalarida xizmat qilgan, 1946 yilda BMT Bosh Assambleyasining birinchi majlisida Peru vakillari safida ishtirok etgan.

U BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibida ishlagan yillarida maxsus vakil sifatida 1974 yili, Turkiyaning Kiprga bosqinidan keyin Gretsiya va Turkiya o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishida qatnashgan. 

Peres de Kuelyar 1982 yili BMTning beshinchi bosh kotibi bo‘ldi. Bu Lotin Amerikasidan chiqqan ilk bosh kotib edi. 

De Kuelyar AQSh va SSSR o‘rtasida Sovuq urush keskinlashgan yillarda BMTni boshqardi. 

U 1991 yili, ikkinchi muddati yakuniga yetgunga qadar G‘arbiy Sahro Kabirda harbiy harakatlar to‘xtatilishiga, Salvador, Kambodja va Nikaraguada esa fuqarolar urushiga chek qo‘yilishiga yordam berdi. 

Peres de Kuelyar 1995 yili Peru prezidentligi uchun saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ydi, biroq atigi 22% ovoz to‘plab, Alberto Fuximoriga imkoniyatni boy berdi. 

2000 yili Fuximori korrupsiya mojarosi manzarasida iste’foga chiqqach, Peres de Kuelyar birmuncha muddat mamlakat Tashqi ishlar vaziri va Bosh vazir lavozimlarini egalladi, muvaqqat hukumatga yangi saylovlarni o‘tkazishda ko‘maklashdi.    

Keyinroq, 2001 yil iyulda Peru prezidenti etib saylangan Alexandro Toledo uni Fransiyaga elchi qilib tayinlagandi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан