Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bo‘lka non ortidan boshqa nonlarning ham narxi oshmoqda
15.09.2018 22:24,  
12

Ertaga, 16 sentyabrdan Toshkentda obinonning narxi oshishi mumkin. Bu haqda «Turon24» axborot agentligi xabar berdi.

Bunga 15 sentyabrdan birinchi nav unning yangi narxi belgilangani sabab bo‘lgan. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, birinchi nav unning ulgurji narxi 1400 so‘m etib belgilangandi.

Ertaga barcha novvoyxonalar va non ishlab chiqaruvchi korxonalar unni yangi narx bo‘yicha xarid qiladi. Bu esa mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi.

— Oldin biz unning kilosini 900 so‘m atrofida sotib olardik. Ertadan deyarli 50 foiz qimmatroq narxda sotib olishimizga to‘g‘ri keladi. O‘sha narxga qarab nonning narxini oshiramiz, — deya izoh bergan novvoylardan biri.

15 sentyabrdan deyarli hamma joyda bo‘lka nonning narxi 650 so‘mdan 1200 so‘mga oshdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан