Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bobomurod Abdullayev O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra Bishkekda hibsga olindi. Xalqaro tashkilotlar uni ekstraditsiya qilmaslikni so‘radi
13.08.2020 10:23,  
1897

Jurnalist Bobomurod Abdullayev Bishkekda O‘zbekiston tomonining so‘roviga ko‘ra 1993 yil 2 yanvarda imzolangan «Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida»gi Minsk konvensiyasiga muvofiq hibsga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar qildi.

Qirg‘izistonning «24.kg» nashri 10 avgust, dushanba kuni jurnalistning qo‘lga olingani haqida xabar qilgan va Abdullayev Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan 8 avgustda hibsga olingani haqida ma’lumot bergandi.

«Hozirda uni O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda», — deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

«24.kg»ning aniqlik kiritishicha, Bishkekdagi Pervomaysk tuman sudi 10 avgustda Abdullayevni 8 sentyabrgacha qamoqda saqlash yuzasidan qaror qabul qilgan.

Jurnalistning O‘zbekistonda qanday jinoyat yoki huquqbuzarlikni amalga oshirgani borasida ma’lumotlar mavjud emas.

11 avgustda Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) Qirg‘iziston hukumatiga Bobomurod Abdullayevni ozod qilish va uning erkin ishlashiga shaorit yaratish yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Abdullayevning advokati Timur Karabayev CPJ vakillariga jurnalistning Qirg‘izistonga to‘rt oy avval, fevralda Markaziy Osiyodagi AQSh universitetida o‘qish uchun kelgani va COVID-19 koronavirus pandemiyasi oqibatida chegaralar yopilgani tufayli mamlakatda qolib ketganini aytgan.

Amnesty International Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro birlashmasi (IPHR), Freedom House va yana boshqa huquq himoyachilari tashkilotlari Qirg‘iziston hukumatiga Bobomurod Abdullayevni ekstraditsiya qilmaslik yuzasidan qo‘shma bayonot yuborgan.​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан