Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bocconi va Garvard bitiruvchisi — Moliya vazirining yangi birinchi o‘rinbosari haqida nimalar ma’lum?
25.02.2020 17:21,  
1202

Bocconi va Garvard universitetlarining menejment va biznes maktablari bitiruvchisi Omonullo Nasriddinxo‘jayev Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Bu haqda hukumatdagi manbalariga tayanib gazeta.uz xabar bermoqda.

U bungacha Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha  maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan.   

 Omonullo Nasriddinxo‘jayev (1971 yilda tug‘ilgan) 1994 yilda Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zMU)ni tamomlagan, 2002 yilda Italiyadagi SDA Bocconi universitetining menejment maktabi aspiranturasida tahsil olgan. 2016 yilda Garvard biznes maktabi AMP (Advanced Management Program) dasturida o‘qigan.

Bir necha yillar davomida Jahon bankining Markaziy Osiyo vakolatxonasida (1994-1995), xalqaro bo‘lim tahlilchisi, Shveysariyaning Credit Suisse guruhining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari (1998-2000) lavozimlarida faoliyat yuritgan. U BMT Taraqqiyot Dasturi  doirasida amalga oshirilgan O‘zbekistonda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirgan (2004–2005).

Bundan tashqari Omonullo Nasriddinxo‘jayev Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)ning Markaziy Osiyoda ipoteka kreditlash bo‘yicha moliyaviy maslahatchisi (2005-2006) va loyiha menejeri o‘rinbosari (2007) lavozimlarida ham ishlagan.

2007-2010 yillardaJanubiyUralkonigaishlovberishkompaniyasida (USM Holdings tarkibigakiradi) moliyaviyvaiqtisodiymasalalarbo‘yichadirektor

2010-2011 yillarda u "Metalloinvest" xolding kompaniyasida (USM Holdings tarkibida) iqtisod bo‘yicha direktor

2011-2016 yillarda Baykal konchilik shirkati (USM Holdings tarkibida) strategiya va investitsiya bo‘yicha direktor

2016 yilda BKSh bosh direktorining iqtisodiyot va moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston hukumatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан