Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boeing Everettdagi o‘zining asosiy zavodini yopyapti 
24.03.2020 12:29,  
148

Boeing AQShning Vashington shtati, Sietl shahrida joylashgan o‘zining asosiy zavodini yopyapti. 

Samolyot ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan bo‘lgan Boeing buni koronavirus tarqalishiga qarshi chora ekanligini izohlab, chorshanba kunidan boshlab zavod 14 kunga karantinga yopilishini e’lon qilgan

Bu muddat davomida zavod binolari va jihozlari dezinfeksiyadan o‘tkaziladi. 

Sietl shahridan 40 km shimoldagi Everett tumanida joylashgan Boeing’ning ushbu zavodi 1967 yili qurilgan. Uning maydoni 399 482 m2 (39, 948 gektar yoki 0,399 km2). Hajmi esa 13 385 378 m3 bo‘lib, bu jihatdan dunyodagi eng katta hajmli inshoot sanaladi. Ushbu zavodda 30 000 nafar ishchi mehnat qiladi

Zavodda Boeing’ning faxri bo‘lgan Boeing 747, Boeing 767, Boeing 777 va eng so‘nggi Boeing 787 modellari ishlab chiqariladi.

Vashington shtati AQShda koronavirus pandemiyasidan engn ko‘p jabr ko‘rayotgan hududlardan biri sanaladi. Mamlakat bo‘yicha ushbu kasallikdan berilgan birinchi qurbon ham shu shtatda qayd etilgan.

Ayni paytgacha AQShda COVID-19 kasalligiga chalinganlar soni 46 145 nafarga yetib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy va Italiyadan keyin dunyodagi uchinchi davlatga aylangan. Kasallanganlarning 582 nafari vafot etgan, 295 kishi esa undan tuzalgan

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан