Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bog‘otda gaz ta’minoti yo‘qligi sabab aholi yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
28.06.2021 18:45,  
225

Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida gaz yo‘q tufayli bir guruh odamlar yo‘lni to‘sib qo‘ygani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Tuman hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, hukumat qarori bilan gazdan ajratilgan mahallaga gaz ballonlari vaqtida yetkazilgan, faqat oqar suv muammosi ko‘tarilgan. «Tozabozor» mahallasining Oltinqum va Qo‘ng‘irot ko‘chasidan oqib o‘tadigan Qo‘ng‘irot kanalidagi suv chiqaradigan nasos buzilib qolgani uchun ekinlarni sug‘orish muammo bo‘layotganidan aholi mahalla raisiga murojaat qilgan.

«Tozabozor»da o‘rganishlar davomida ushbu holat yuzasidan MFY tomonidan ma’lumotnoma tuman hokimligiga taqdim etilgan. Qo‘ng‘irot kanalidagi suv nasosini ta’mirlash uchun SIU berkitilgan.

MFY aholisiga ichimlik suvi, suyultirilgan gaz vaqtida berilmoqda va oqar suvning to‘liq yetkazib berish choralari ko‘rilganini bildiramiz», — deyiladi hokimlik xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан