Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bojxona omborlarida qancha oziq-ovqat saqlanadi
29.05.2020 22:51,  
76

Joriy yilning 28 may kuni holatiga bojxona omborlarida qiymati 1,8 mlrd. dollarlik, 1,2 mln. tn. og‘irlikdagi tovarlar saqlanmoqda, deb xabar beradi "The Economic Review" nashri. Tovarlardan jami 1,2 trln. so‘m bojxona to‘lovlari undirilishi, 3,1 trln. so‘m bojxona to‘lovlaridan imtiyoz berilishi kutilmoqda.

Shundan, bojxona omborlarida qiymati 40,4 mln. dollariga (83,1 ming tn.) teng oziq-ovqat (shu jumladan bug‘doy) tovarlari saqlanmoqda.

Omborlarda, asosan, quyidagilar bor:

  1. bug‘doy (42,2 ming tn, 8,6 mln. doll.);
  2. shakar (8,4 ming tn, 3,2 mln doll.);
  3. kungaboqar yog‘i (5,1 ming tn, 3,7 mln. doll.);
  4. palma yog‘i (3,8 ming tn, 2,5 mln. doll.);
  5. go‘sht (3,2 ming tn, 3,0 mln. doll.);
  6. un (3,2 ming tn, 840,9 ming doll.);
  7. no‘xat (3,1 ming tn, 669,8 ming doll.);
  8. margarin (2,1 ming tn, 2,2 mln. doll.);
  9. soya, araxis, zaytun yog‘i (1,2 ming tn, 981,2 ming doll.);
  10. kartoshka (888,7 tn, 95,2 ming doll.);
  11. konservalangan sabzavotlar (843,1 tn, 913,7 ming doll.);
  12. makaronlar (718,4 tn, 925,1 ming doll.);
  13. banan (518,2 tn, 207,2 ming doll.);
  14. bio qo‘shimchalar (456,6 tn, 3,9 mln. doll.);
  15. sut mahsulotlari (441,8 tn, 550,9 ming doll.);
  16. bolalar ovqati (231,0 tn, 1,1 mln. doll.);
  17. un mahsulotlari (vafli, pechene va h.z.) (227,2 tn, 371,6 ming doll.);
  18. shokolad (187,9 tn, 497,6 ming doll.);
  19. guruch (173,0 tn, 49,8 ming doll.);

Hududlar kesimida:

  • Toshkent shahri - $24 mln., asosan bug‘doy, kungaboqar yog‘i, go‘sht, ichimliklar, palma yog‘i, banan, margarin, konservalangan sabzavotlar, guruch, sut mahsulotlari, shokolad, un, bolalar ovqati, makaronlar;
  • Sirdaryo viloyati - $3,9 mln., asosan bug‘doy, no‘xat, un, soya, araxis, zaytun yog‘i, palma yog‘i;
  • Toshkent viloyati - $6,8 mln., asosan bug‘doy, go‘sht, margarin, palma yog‘i, un, shakar, kungaboqar yog‘i, shokolad;
  • Samarqand viloyati - $3,5 mln., asosan bug‘doy, kungaboqar yog‘i, soya, araxis, zaytun yog‘i, shakar, margarin, konservalangan sabzavotlar;
  • Farg‘ona - $719,3 ming., asosan bug‘doy, olma, kartoshka, piyoz, sous;
  • Andijon - $292,2 ming, asosan bio qo‘shimchalar va kartoshka;
  • Namangan - $173,4 ming, asosan bug‘doy, un, soya, araxis, zaytun yog‘i, kartoshka, yarim tayyor ovqatlar, bio qo‘shimchalar;
  • Xorazm viloyati - $575,5 ming, asosan kungaboqar yog‘i, bio qo‘shimchalar, banan, makaron, go‘sht;
  • Navoiy viloyati - $104,4 ming, asosan kimyoviy tuzlar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi - $125,3 ming, asosan un, bug‘doy, baliq;
  • Jizzax viloyati -$96,2 ming, asosan bug‘doy va kartoshka.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан