Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bojxona qo‘mitasi korxonalarning bank sirini qo‘lga kiritishni xohlamoqda
23.10.2020 19:19,  
275

Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga kirish huquqini qo‘lga kiritishni xohlamoqda. Bu haqda regulation.gov.uz portalida muhokama uchun taqdim etilgan qonun loyihasida aytilgan.

Hozirda, amaldagi “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunga binoan, Hisob palatasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bunday ma’lumotlarga kirish huquqiga ega (agar ularga ko‘rayotgan ishida kerak bo‘lsa).

Bundan tashqari, departament yaqinda – 2019 yil boshida qo‘shilgan.

Adliya vazirligi ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ammo uning kirish huquqi nodavlat notijorat tashkilotlarining ma’lumotlari bilan cheklangan.

Bundan tashqari, kredit byurolari kredit ma’lumotlarini olishlari mumkin, ammo bu bank sirini buzish deb hisoblanmaydi.

Muhokama uchun taqdim etilgan qonun loyihasida Davlat bojxona qo‘mitasi o‘zlarini ularning soniga qo‘shishni taklif qiladi - qo‘mita joriy hisobvaraqlar, depozitlar va ulardagi pul qoldig‘i, import-yeksport bilan shug‘ullanadigan kompaniyalarning operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishni istaydi, "agar bu ma’lumotlar qo‘mita zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishi uchun zarur bo‘lsa ".

Qonun loyihasi muhokamasi 7 noyabrga qadar davom etadi.

Avvalroq Moliya vazirligi prezidentning "Yashirin iqtisodiyotni keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoni loyihasini muhokamaga taqdim etgan edi. Unda soliq idoralariga bank sirlariga kirish huquqini berishni taklif qiladigan band ham kiritilgan, ammo vazirlik bu xato ekanligini va u loyihadan o‘chirilishini aytgan.

Bank sirini O‘zbekistonda tugadi, deb e’lon qilib qo‘ysak bo‘laveradi

Faol fuqarolar va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu o‘zgarishga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘ldilar. Regulation.gov.uz portalidagi ushbu qonun loyihasi ostida 18 kishi fikr bildirgan. 17 kishi o‘zgarishga qarshiligini bildirgan. Shaxboz ismli foydalanuvchi «Ertaga MIB chiqib "kommunal xizmatlarni va alimentlarni vaqtida undirish maqsadida bankdagi barcha mablag‘larini bilishimiz kerak" mazmunidagi taklif bersa, undan so‘ng IIV chiqib shu kabi takliflar bersa nima bo‘ladi?

Hammasi o‘z manfaatini ko‘zlab qo‘shimcha kiritishmoqchi. Nega "bank siri" deyilayapti? Agar yuqori tashkilotlar hammasini bilsa, sirdan nima qoladi? Bank faqat sud lozim topsagina ma’lumotlarni oshkor etishi mumkin! Tamom!», - deya fikr bildirgan.

Mexriddin ismli foydalanuvchi esa bank siri sanalgan ma’lumotlarni Bojxona qo‘mitasiga berilishiga qarshi. U qo‘mitadan Konstitutsiyaviy huquqlarini hurmat qilishni talab qilgan.

Akmal ismli foydalanuvchi «Olinadigan ma’lumot bojxonaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur yoki zarur emasligi qanday aniqlanishi, kim aniqlishi, qaysi faktorlar hisobga olinishi» ga qiziqqan.

Iqtisodchi Otabek Bakirov «Agar [ўзгариш] qabul qilinsa, bank sirini O‘zbekistonda tugadi, deb e’lon qilib qo‘ysak bo‘laveradi. Befarq bo‘lmang, munosabat bildiring», - deya o‘z kanalida post qoldirgan.

Ayni mavzuda Davletovuz kanali «Nazarimizda, qonun loyihalarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning ishtirokini taqiqlash kerak. Ular nimaiki hujjat qabul qilmasin, o‘zining idoraviy manfaatini ko‘zlaydi, o‘ziga, xodimlariga oson bo‘lishini istaydi. Qonun loyihalari muhokamalarida ishtirok etishi mumkin, lekin hech qachon ular, hatto hukumat orqali ham qonun loyihasini ishlab chiqmasligi lozim. Ular faqat va faqat ijroga mas’ul bo‘lishi kerak. Tamom. Afsuski, hozirda qonunlarning mutlaq katta qismi hukumat tomonidan ishlab chiqilgan va kiritilgan.

30 yillik tariximizda qonunchilik instituti yaratildi. Qonunchilik tashabbusiga ega sub’yektlarni keskin qisqartirish, shu jumladan, hukumatdan ham bu vakolatni olish lozim. Bundan buyog‘iga barcha qonunlar loyihalarini parlament quyi palatasi deputatlari va Prezident tomonidan ishlab chiqilishi hamda parlament muhokamasiga kiritish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq. Hukumatni siyosiy partiyalar shakllantiradi, demak, kerakli fraksiyalar orqali qonunni ishlab chiqishi, ilgari surishi mumkin. Istagan davlat idorasi o‘ziga kerakli qonunni ishlab chiqavermasdi, harqalay. Deputatlarning mas’uliyati, jamoatchilik oldidagi hisobdorligi karrasiga oshar edi», - deb munosabat bildirgan.

Shu bilan birga Davlat bojxona qo‘mitasining na rasmiy saytida, na Telegram kanalida qo‘mita tomonidan taklif etilayotgan bu o‘zgarish haqida xabar berilmagan. Ayrim davlat idoralari matbuot xizmatlari qandaydir qonun loyihasi taklif qilganda yoki o‘zgarish kiritmoqchi bo‘lganda o‘z telegram kanali orqali bu haqda yozib, fuqarolarni munosabat bildirishga chaqirar edi. DBQda unaqa emas (shekilli!)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан