Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bojxona xizmati: “Koronavirus tadbirlari tashqi savdo yuklari harakatiga ta’sir ko‘rsatmaydi”
16.03.2020 09:57,  
316

Joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida mazkur masalagabag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda, 2020 yilning 16 mart kunidan boshlab Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida shaxslar va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Mazkur yig‘ilish tafsilotlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinganidan so‘ng, ayrim tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar tomonidan eksport-import tartibida transport vositalarida tashilayotgan yuklar ham chegaradan o‘tkazilmas ekan-da degan ortiqcha xavotirlar bildirilmoqda.

“Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas”, deb ta’kidlamoqda Davlat Bojxona xizmati.

Chegara o‘tkazish hududlarida mazkur tashuvlarni amalga oshirayotgan shaxslar va ularning transport vositalari tegishli tartibda tekshiruvlardan o‘tkazilib, respublikamiz orqali harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tovarlarning tashqi savdo hajmi4,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

Shuningdek, respublikamizga jami 36 096 ta avtotransport vositalarida 671,5 ming tonna tovarlar tashuvi amalga oshirilgan.

Temir yo‘l orqali esa 79, 6 mingta vagonlarda 3 503,8 ming tonna tovarlarlar olib kelingan.

Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona organlari faoliyatiga doir xolis va haqqoniy xabarlarni e’lon qilishda ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari bilan o‘zaro hamkorlikka doimo tayyor ekanligini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga, mazkur masalalarga oid har qanday murojaatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tunu-kun faoliyat ko‘rsatuvchi 11-08 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан