Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bojxonachilar hujjatlardan tushib qolgan 1 mlrd. so‘mdan ortiq tovarlarni fosh etishdi
15.03.2021 23:09,  
116

Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmatining xabar berishicha- Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idorasi” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari xorijdan yurtimizda yurituvchi ma’suliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuk konteynerida keltirilgan, yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlariga asosan “Texnologik asbob-uskuna” deya ko‘rsatilgan tovarlarning inspeksion ko‘rik majmuasidan olingan tasvirlar o‘rtasida tafovut mavjudligi sababli bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Natijada, mazkur yuk konteynerida hujjatlarda umuman qayd etilmagan  og‘irligi 25 tonnadan ortiq bo‘lgan qiymati 1 mlrd. 196 mln. so‘mlik 149 turdagi “Xo‘jalik va qurilish mollari” tovarlari borligini aniqlashdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан