Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bojxonachilar yirik miqdordagi noqonuniy import bilan shug‘ullangan firibgar-jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi
5.10.2020 15:26,  
301

Joriy yilning 4 oktyabr kuni, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi hamda Korrupsiyaga karshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limlari tomonidan “Chuqursoy” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat byudjetiga bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida yirik miqdordagi import tovarlarni past stavkali tovarlarga almashtirish bilan shug‘ullanib kelgan, puxta o‘ylangan jinoiy sxemaga asoslangan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda Sof.uzga Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, oldindan tuzilgan rejaga ko‘ra tashkilot nomiga xorijdan import qilingan yuqori stavkali generator, suv purkagich, changyutgich, kiryuvgich kabi qimmatbaho xo‘jalik uskunalari va qurilish anjomlari “vaqtincha saqlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, o‘z omborida yuqoridagi tovarlar o‘rniga jinoiy guruh a’zolari tomonidan soxta yo‘l-yuk kuzatuv xujjatlarida ko‘rsatilgan qulf, elektrod, tokqaychi va arra kabi 16 turdagi tovarlarga almashtirilayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi.

Yuk egalari ushbu jinoyatni amalga oshirish uchun jinoiy guruhga 20 nafar shaxslarni yollab, har birining vazifalarini taqsimlashgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra yo‘l-yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan va ashyoviy dalil sifatida olingan 31 turdagi 4214 dona tovarlarning umumiy qiymati 5 milliard so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Jinoiy guruhning maqsadi amalga oshganida 1 milliard so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari undirilib, davlatga 4 milliard 500 million so‘mlikdan ortiq zarar yetkazilar edi.

Mazkur aniqlangan qonunbuzarlik holati yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati esa bojxona auditidan o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан