Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bo‘kada hech kim e’tibor bermayotgani aytilayotgan 8 yoshli qizni "Spark" urib ketgani yuzasidan YHXBB munosabat bildirdi
10.02.2021 10:04,  
916
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ka tumanida "Spark" avtomobili urib yuborgan qizaloqning onasi ushbu holatga hech kim e’tibor qaratmayotganini aytib, videomurojaat yo‘lladi.
 

Holatga IIV YHXBB munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 fevral kuni soat 18:00 larda, Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, Bo‘ston MFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil yo‘lida, haydovchi, 1984 yilda tug‘ilgan G‘.E. "Spark" rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo‘lning chapdan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan piyoda, 2012 yilda tug‘ilgan D.Sh.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda, 8 yoshli D.Sh. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo‘ka tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo‘llarda piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini, ota-onalar voyaga yetmagan farzandlariga avtomobil yo‘lida yolg‘iz harakatlanishga ruxsat bermasliklarini, piyodalar belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tmasliklarini so‘raymiz, deyiladi Bosh boshqarma Axborot xizmati xabarida. 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан