Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boks JCh: O‘zbekistonlik bokschilar g‘alaba bilan boshladi. Bugun Hasanboy Do‘stmatov ringga chiqadi
26.10.2021 08:23,  
589

Kecha Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati boshlanadi. Musobaqaning dastlabki kuni o‘zbekistonlik bokschilardan faqatgina Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ringga ko‘tarildi. - 67 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan yosh va iste’dodli bokschimiz irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi jang o‘tkazib, ishonchli g‘alabaga erishdi.

26 oktyabr kuni jahon chempionatida ringga ko‘tariladigan o‘zbekistonlik bokschilar ro‘yxati:

- 80 kg: Odiljon Aslonov — Yusuf Changalavey (Tanzaniya) (19:20 dan keyin)
- 51 kg. Hasanboy Do‘smatov — Saken Bibosinov (Qozog‘iston) (21:00)
- 75 kg. Saidjamshid Jafarov — L.Ferneza (Slovakiya) (23:05dan keyin)
Izoh: Bellashuvlarning boshlanish Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoamiz to‘liq tarkib bilan ishtirok etmoqda: - 48 kg. Nodirjon Mirzahmedov, - 51 kg. Hasanboy Do‘smatov, - 54 kg. Shahobiddin Zoirov, - 57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov, - 60 kg. Abdumalik Xalakov, - 63,5 kg. Mujibullo Tursunov, - 67 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, - 71 kg. Shahram G‘iyosov, - 75 kg. Saidjamshid Jafarov, - 80 kg. Odiljon Aslonov, - 86 kg. Shohjahon Abdullayev,- 92 kg. Madiyor Saidrahimov, + 92 kg. Lazizbek Mullajonov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан