Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boks JCh: Shahobiddin Zoirov va Madiyar Saidrahimov musobaqani muvaffaqiyatli boshladi
29.10.2021 20:13,  
111

Serbiyaning Belgrad shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Shahobiddin Zoirov (-54 kg) birinchi jangini mezbon sportchi Tamir Galanovga qarshi ringga o‘tkzib, ishonchli g‘alabaga erishdi.

Ushbu bahsdan so‘ng hamyurtimiz o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ilk jangdanoq mezbon bokschiga qarshi jang qilish biroz qiyin. Albatta, har bir narsani o‘z qiyinchiligi bor. Lekin o‘zimni qo‘lga olib, murabbiylarimiz bergan ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishga intildim va g‘alabaga erishdim. Murabbiylar raundlar oralig‘ida hisobni aytib turgan bo‘lsalarda, yaxshiroq jang ko‘rsatishga undashdi», deydi Shahobiddin Zoirov.

Shahobiddin Zoirov 2016 yil Rio-de-Janeyro o‘tkazilgan yozgi Olimpiada o‘yinlari va 2019 yil Yekaterinburgda tashkil etilgan jahon chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.

-92 kg: Madiyar Saidraximov - Vladislav Smaxlikau (Bolgariya) 

Madiyar Saidrahimov (-92 kg) Serbiyada o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshladi. Hamyurtimiz belaruslik raqibini musobaqadan chiqarib yubordi.

Vladislav Smaxlikauga qarshi bahsda Madiyar o‘zining kuchli zarbalari bilan yaqqol ajralib turdi. Har bir raundlardagi ustunlik yakunda bokschimizni keyingi bosqichga olib chiqdi.

Navbatdagi bosqichda Saidrahimovga qozog‘istonlik Aybek Oralbay raqiblik qiladi.

Bugun yana 2 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi:

-60 kg: Abdumalik Xalakov - Jasin Lyama (Makedoniya) (21:25 dan so‘ng)

-71 kg: Shahram G‘iyosov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston) (23:00dan so‘ng)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан