Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boks: O‘zbekiston vakillari jahon chempionatining 2-kunini ham g‘alaba bilan davom ettirishdi
10.09.2019 22:27,  
15

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili Dilshod Ro‘zmetov ham g‘alaba bilan boshladi. 

-81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Dilshod Ro‘zmetov birinchi bosqichda mongoliyalik Narmandax Shinebayar bilan jang qildi va uch raund yakuniga ko‘ra, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

9 sentyabr kuni Fanat Qahramonov ham mongoliyalik raqibini yengib ikkinchi bosqichga yo‘llanma olgandi.

O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili - Mirazizbek Mirzaxalilov, Bobousmon Baturov, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov saralash bosqichidan ozod etilgan. Ular ikkinchi bosqichda bahslarga kirishadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан