Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boks: Parij Olimpiadasida erkaklar 7 ta, ayollar esa 6 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib boradi
2.04.2022 15:04,  
67

2024 yili Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qiladigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha musobaqalari uchun vazn toifalari aniqlandi.

Kuni kecha Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) ushbu xabarni keng ommaga e’lon qildi. Unga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda vazn toifalari soni bittaga kamaygan. Ayollar o‘rtasida esa aksincha, yana bitta vazn qo‘shilgan.

IBA ma’lumotiga ko‘ra, “Parij–2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarida bokschilar quyidagi vazn toifalarida medallar uchun kurash olib boradi:

Erkaklar: -51 kg, -57 kg, -63,5 kg, -71 kg, -80 kg, -92 kg, +92 kg. 

Ayollar: -50 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -66 kg, -75 kg.

Ma’lumot uchun: Tokio Olimpiadasida erkaklar 8 ta, ayollar esa 5 ta vazn toifasida medallar uchun bahs olib borishgandi. O‘zbekiston vakillari erkaklar o‘rtasidagi bahslarda to‘liq tarkibda qatnashgan, yana uch nafar qizimiz ham “Tokio – 2020” Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан