Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boku va Yerevan fuqarolik ob’yektlari va tinch aholiga zarba bermaslik to‘g‘risida kelishib oldi
31.10.2020 13:43,  
79

Jenevada Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlarining YeXHTning Minsk guruhi (RF, Fransiya va AQSh) vakillari bilan uchrashuvlari yakunlandi. Shveysariyadagi muzokaralar Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish uchun yangi urinish bo‘ldi.

"Hamraislar yana bir bor tomonlarni o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishga, shu jumladan, insonparvarlik maqsadlarida sulhni darhol o‘rnatishga, tomonlar 10 oktyabrda Moskvada imzolangan va 17 oktyabr Parijda, 25 oktyabr Vashingtonda tasdiqlangan qo‘shma bayonet shartlarini to‘liq bajarishga chaqirdilar”, - deyiladi muzokaralar yakunlari bo‘yicha YeXHT bayonotida.

Jenevada erishilgan kelishuvlar:

  • tomonlar ataylab tinch aholini yoki noharbiy maqsadlarni nishonga olmaydilar;
  • tomonlar jang maydonida halok bo‘lganlarning jasadlarini almashtirish bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishda faol ishtirok etishadi;
  • tomonlar hozirda ushlab turilgan harbiy asirlarning ro‘yxatini bir hafta ichida keyingi almashinuv uchun topshiradilar;
  • tomonlar sulhni tasdiqlashning mumkin bo‘lgan mexanizmlari to‘g‘risida yozma sharhlar va savollar yuboradilar.

Jenevadagi muzokaralarda YeXHT Minsk guruhining hamraislari (rossiyalik Igor Popov, fransiyalik Stefan Viskonti va AQShdan Endryu Shofer), YeXHT raisining shaxsiy vakili Anjey Kasprjik hamda Ozarbayjon va Armaniston TIVlar Jayhun Bayramov va Zoxrab Mnatsakanyanlar ishtirok etdi. Hamraislar tashqi ishlar vazirlari bilan alohida-alohida va birgalikda uchrashdilar.

Tog‘li Qorabog‘dagi 27 sentyabrdan beri davom etayotgan mojaroni avj oldirish paytida tomonlar bir necha bor mahbuslar va o‘ldirilganlarning jasadlarini almashtirish bo‘yicha gumanitar sulh to‘g‘risida kelishib oldilar. Shu bilan birga, unga rioya qilinmadi. Tomonlar bir-birini sulhni buzganlikda ayblashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан