Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bokuliklar Qorabog‘ uchun janglar tiklanishini talab qilib miting uyushtirdi
15.07.2020 21:06,  
492

Avval xabar qilganimizdek, 12 iyul kuni boshlangan arman-ozariy chegarasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda. 14 iyul kuni Ozarbayjon ikki nafar yuqori martali harbiysi o‘ldirilganini xabar qildi.

15 iyul, chorshanba kuni Boku aholisi Armaniston va Ozarbayjon chegarasida harbiy harakatlarga aloqador Ozarbayjon armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun ruxsat etilmagan mitingga chiqishdi. Bu haqda Oxu.az portali xabar berdi.

Miting ishtirokchilari "Shahidlar o‘lmas, Vatan ajralmas", «Qorabog‘» va "Ozod Qorabog‘" degan vatanparvarlik shiorlarini ko‘tarib chiqishdi.

Ozodlik radiosining ozar xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilganlar yangitdan harbiy harakatlar boshlashni so‘rab, "ularga qurol berishlarini" talab qilishdi.

Report nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bayrog‘ini ko‘tarib olgan minglab yoshlar "Shahidlar xiyoboni" maydoniga tomon harakatlanishdi. Ayni shakldagi namoyishlar Ozarbayjonning boshqa shaharlarida ham o‘tkazildi.

«RIA Novosti» agentligining xabar berishicha, namoyishchilar parlament binosiga kirishga uringanlar va politsiya ular ustiga suvli o‘qlar otgan.

Shu bilan birga, «Infoteka24» axborot portali xabariga ko‘ra, ularning urinishi muvaffaqiyatli yakunlangan va namoyishchilar parlamentga kirishgan. Kanal bino ichidagi namoyishchilar, shuningdek, ichkaridagi huquq-tartibot idoralari xodimlari aks etgan videoni joylashtirdi.

O‘zbekiston hukumati ikkala mamlakat o‘rtasidagi urushni qoralaydi va tomonlarni muzokaralarga chaqirdi.

Shuningdek, yirik mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT, Yevropa Ittifoqi hamda Rossiya tomonlardan urushni to‘xtatishni talab qildi. Turkiya esa har qanday vaziyatda ham ushbu mojaroda Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Qorabog‘ mojarosi 1980 yillarning oxiridan beri davom etmoqda. Tomonlar, asosan, armanlar yashaydigan Tog‘li Qorabog‘ ustida nazorat o‘rnatish ustida tortishadi. SSSR paytidan beri ushbu hudud Boku nazorati ostida. Harbiy to‘qnashuvga aylangan mojaroning faol bosqichi 1992 yildan 1994 yilgacha bo‘lgan davrda sodir bo‘ldi. Biroq, faol harbiy mojarolardan keyin Qorabog‘ amalda Ozarbayjondan mustaqillikka erishdi va to‘qnashuv to‘xtatildi.

 

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан