Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bola pulini to‘g‘irlab berish evaziga...
5.03.2021 17:47,  
454

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, Sho‘rchi tumanidagi “Jarqishloq” mahallasida yashovchi Ozoda (ismlar o‘zgartirilgan) farzandi uchun ikki yoshgacha bola parvarishi uchun nafaqa pulini olish maqsadida, tuman pensiya jamg‘armasi bo‘limi sobiq bosh huquqshunos maslahatchisi Nargizaga murojaat qiladi.

Nasiba esa tayyor xo‘rak topilganidan foydalanmoqchi bo‘ladi. U nafaqa pulini tayinlab berishni va’da qiladi, albatta, faqat ta’ma evaziga.

Ozoda uning gaplarini eri Odiljonga aytadi. Odiljon esa bu haqida huquq tartibot idoralariga murojaat qiladi.

Departamentning tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi va tuman IIB xodimlari tomonidan tumanning “Ko‘klam” MFY hududida joylashgan Sho‘rchi tumani pensiya jamg‘armasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda maslahatchi Nargiza 450 ming so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Nafs insonni ne ko‘ylarga solmaydi. Bugun muhtojlarga ko‘maklashish o‘rniga undan ta’ma kutadiganlar ham afsuski, hamon bor oramizda. Ammo, qilmish - qidirmishdir. Kishi qilgan xatosi uchun javob bermay qolmaydi. Nargiza ham endi qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi. Hozirda unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан