Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bo‘lajak farzandimga maslahatlar
19.01.2020 01:05,  
822

Bir kun kelib aqlingni taniganingda, “dadam nimalarni yozishgan ekan, qanday fikrlashgan ekan?“ deb qiziqib bu yerlarga kelib qolsang, quyidagilarni sen uchun yozyapman. To‘g‘ri bu yozganlarim vaqt o‘tgani sari o‘zgarib borishi mumkin, tan olaman. Lekin ayni kuchga to‘lgan, katta hayotga ilk qadamlarim bilan qiziqqonlarcha yurib borayotgan 22 yoshimda shularni tavsiya qilaman senga.

  1. Agar o‘zingga ishonmasang, hech bo‘lmaganda o‘zingga ishongan kabi harakat qil. Vaqti kelib o‘zingga bo‘lgan ishonch uyg‘onadi.
  2. Insonning ko‘lami haqida uni tashvishga solayotgan muammolar ko‘lami bo‘yicha fikr yuritsa bo‘ladi. Buyuk hayollar qur.
  3. O‘zingning xatti-harakatlaringni nazorat qilishni o‘rgan. Suhbatinga e’tiborli bo‘l.
  4. Har doim biror kishi bilan ko‘rishganda o‘rningdan tur. Hurmat ko‘rsatgan insonga ortig‘i bilan hurmat ko‘rsat, hurmatsizlik qilinsa shunga yarasha javob ber.
  5. Qancha pul bilan xayrlashishga ruhan tayyor bo‘lsang, o‘shancha miqdordagi pulni qarzga ber.
  6. Kamroq gapir, ko‘proq tingla. Odamlar ularni tinglaydiganlarni yoqtiradi.
  7. Senda haqiqiy qiziqish uyg‘otadigan mashg‘ulotni top va uni qanday qilib pulga aylantirish ustida o‘ylab ko‘r.
  8. Omad unga tayyor turganlarni yaxshi ko‘radi.
  9. Faqat sifatli narsa xarid qil.
  10. Inson faqat o‘zini emas, balki yaqinlarini ham o‘ylashi kerak. Doim atrofingdagi yaqinlaringni ham o‘yla.
  11. Biror narsa qidirsang, oyoq ostiga emas, to‘g‘ringga qara.
  12. Qiziqarli va o‘ziga xos qarorlar qabul qilishdan qo‘rqma.
  13. Chiroyli kiyinishni odat qil, atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirasan.
  14. Gaplashayotgan odamingning ko‘ziga qara.
  15. Jismoniy mashq seni baxtliroq qiladi. Yugur, sport bilan shug‘ullan. Eng kamida yurub sayohat qil.
  16. Maoshingning kichikroq qismini asrab qo‘y.
  17. Tez-tez ota-onangdan xabar olib tur.
  18. So‘rashayotgan odamingning qo‘lini mahkam siq.
  19. Katta narsalar haqida o‘yla.
  20. Barcha odamlarga, ularning ijtimoiy holatidan qat’iy nazar, birday hurmat ko‘rsat.
  21. Mas’uliyat eng muhim narsa. Yomon ishlar bo‘lib turadi, sening vazifang – qiyinchiliklarni yengib o‘tish.
  22. Hech qachon nolima. Bu oldingda turgan vazifani yengillashtirmaydi, maqsadga erishishingni tezlashtirmaydi.
  23. Kimning birinchi jahli chiqsa, o‘sha yutqizadi.
  24. Nimani kerakli deb hisoblasang, o‘sha bilan shug‘ullan, ammo o‘sha sohada eng yaxshi bo‘lishga intil.
  25. Hech kim o‘lim to‘shagida yotganida kam ishlaganidan noligan emas. Hayotdan lazzat olishni bil.

Seni yaxshi ko‘ruvchi otang!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан