Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bolalar immunitetini ko‘tarish uchun nima qilish kerak?
22.09.2020 14:47,  
1377

Bugun Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

— Hozirgi kunda bolalar immunitetini ko‘tarish uchun nimalarga e’tibor berishimiz kerak? 

— Ma’lumki, kasallikka chalinmaslik yoki uni yengil o‘tkazishda immunitet muhim o‘rin tutadi. Maktab o‘quvchilaridagi immunitet zaifligiga ko‘pincha vitaminlar tanqisligi, yomon uyqu va doimiy psixologik stress sabab bo‘ladi. Vitaminlar tanqisligini to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil qilish yo‘li bilan oldini olish mumkin. 

Maktab o‘quvchilari orasida pala-partish ovqatlanuvchi bolalarning soni yildan yilga ortib boryapti. Yarim tayyor fasfud taomlar ko‘pincha bolalarga zarur bo‘lgan vitamin va minerallarni ovqatdan olishiga to‘sqinlik qiladi. 

7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning tanasida bir vaqtning o‘zida o‘sish va o‘rganish vazifalarini turganini unutmaslik kerak. Bu esa ota-onadan alohida e’tibor talab etadi.

Bola kuniga kamida 4 marta ovqatlanish kerak. Agar bolada ozg‘inlik yoki ortiqcha vazn bo‘lsa, shifokor maslahati zarur. Sport bilan shug‘ullanadigan o‘quvchining ovqatlanishi jismoniy mashqlar hajmini hisobga olgan holda tuzilishi talab etiladi.

Yodlangan tuzni doimiy istemol qilish, suv ichish rejimiga amal qilish va ovqatlanish ratsionida vitanimlarga boy bo‘lishi kerak. 

A vitamini bilan boyitilgan sabzi va shirin kartoshkani, sitrus mevalari va brokkoli S vitamini hamda gripp va nafas yo‘llarining yuqumli kasalliklariga qarshi kurashishda yordam beradigan Ye vitaminiga boy yong‘oqlar, albatta, bolalar ratsionida bo‘lishi maqsadga muvofiq.

To‘g‘ri ovqatlanishni tashkil qilishdagi birinchi qadam ovqatlanish madaniyatiga rioya qilishdir. Nonushta, tushlik, kechki ovqat muntazam bo‘lishi va jadvalga muvofiq bo‘lishi kerak. 

Maktab yoshidagi bolalarining organizmi ma’lum ritmlarga moslashadi. Shuning uchun uxlash, ovqatlanish, o‘ynash, yurish va mashq qilish uchun vaqt topish juda muhimdir. Immunitetni yaxshilash uchun bolani yoshligidanoq rejimga ko‘niktirish yaxshiroqdir. Turli yoshlarda ertalab turish, tushlik qilish, uy vazifasini bajarish va yotishga tavsiya etilgan vaqt mavjud. 

Kichik maktab yoshidagi bola kechqurun soat 21:00da yotishi va ertalab soat 7:00da turishi kerak, kattaroq o‘quvchilar keyinroq, soat 22:00da yotishlari mumkin. To‘liq kunlik dam olish immunitetga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uyqu paytida bola organizmidagi metabolizm tezroq bo‘ladi, shuning uchun bolalar bu soatlarda yaxshi o‘sadi.

Uydagi ijobiy psixologik mikroiqlim bolalar salomatligining muhim shartidir. Maktab o‘quvchisining psixologik holatini barrqarorlashtirishning eng yaxshi usullari bu do‘stlar bilan yaxshi muloqatda bo‘lish, sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish, ota-onalar bilan film tomosha qilish, o‘yin o‘ynash va sayohat qilish kabilardir.

Xulosa qilib aytganda, maktab o‘quvchilarini immuniteti oshirish uchun  to‘g‘ri ovqatlanish, vaqtida uxlash, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va ular bilan dustona munosabatda bo‘lish muhim o‘rin tutadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан