Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bolalar uchun yangi «Aqlvoy» telekanali tashkil etiladi
14.12.2020 12:24,  
233

«Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy telekanalini tashkil etish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy «Aqlvoy» telekanali (bolalar telekanali) tashkil etiladi.

Ma’lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish (edutainment) telekanalning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

 Mazkur telekanal:

- «Edumedia Corporation» MChJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan ta’sis etiladi;

- respublikaning barcha hududlarida yetkaziladigan umumfoydalanishdagi ijtimoiy raqamli teleeshittirishlar paketi tarkibiga kiritiladi;

- o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyat yuritadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан