Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bolalarni bog‘chaga joylashtirish tizimida «imtiyozlar» kamayadi
10.07.2020 11:59,  
749

Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ilgari ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni davlat bog‘chalariga joylashtirishda bir qator imtiyozi mavjud shaxslarning farzandlariga beriladigan imtiyozlar yuzasidan ancha noroziliklar uchrar edi.

Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida» 2018 yil 28 martdagi 244-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi VM qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Muhokamaga qo‘yilgan loyihada bolalarni davlat bog‘chalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida mavjud imtiyozlar qisqartirilmoqda.

Endilikda faqatgina ikki turdagi imtiyozlar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari hamda yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun qoldirilmoqda.

Shuningdek, faqatgina bolaning ota-onasi emas, balki yaqin qarindoshlariga ham yo‘llanma olish imkoniyati yaratilmoqda. Misol uchun, avval, bolaning bobo va buvilari nevaralari uchun ariza yuborishi mumkin emas edi.

Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim axborot tizimini takomillashtirish va uni Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti bilan integratsiya qilish orqali bog‘chalardagi tarbiyalanuvchilar va bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yuritish, navbatlarni shakllantirish va ularning elektron hisobini olib borish, yo‘llanma va xabarnomalar berish imkoniyatini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayonining aktuallashtirilganligi hamda muassasalardagi bo‘sh joylarning elektron hisobini yuritish, bolalarni muassasalarga qabul qilish uchun elektron navbatni shakllantirish, bolalarni muassasalarga qabul qilish uchun yo‘llanmalarni rasmiylashtirish maktabgacha ta’lim axborot tizimi tomonidan amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilganligi sababli tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, qaror loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston davlat byudjeti mablag‘laridan ortiqcha xarajatlarni talab etmasligi ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан