Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bolani parvarishlash davrini mehnat stajiga qo‘shish taklif etilmoqda
13.12.2021 20:39,  
88

2021 yil 13 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Aytish joizki, partiyaning 2019 yildagi saylovoldi dasturida bola parvarishi bilan band bo‘lgan ayollarning farzandiga qaragan davrini mehnat staji sifatida e’tirof etishni qonunchilikda mustahkamlab qo‘yish masalasi ilgari surilgan edi. Ushbu taklifni amalga oshirish maqsadida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lovlarini marhumning qaramog‘idagi farzandlariga, ular 18 yoshgacha, agar umumiy o‘rta ta’lim muassasasi, akademik litsey va oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan bo‘lsa 23 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini to‘lash, nogironligi bolalikdan bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash, bolani parvarishlash bo‘lish vaqtining hammasini jamlanganda ko‘pi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qo‘shib hisoblash kabi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, respublika hududida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan davrda amal qilib turgan davrda pensiya olish huquqi vujudga kelgan fuqarolar, ushbu tadbirlar (cheklovlar) davrida yoki tugagandan so‘ng bir oy ichida pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan taqdirda, ularga pensiya uni olish huquqi paydo bo‘lgan sanadan tayinlash taklif etilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi bilan yetim bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, nogironligi bolalikdan bo‘lgan bolalarga qarab turilgan vaqtni ish stajiga qo‘shib hisoblash davrini uzaytirish, shuningdek, karantin tadbirlari davomida fuqarolarning pensiyaga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Mazkur hujjatda milliy qonunchilikdagi mehnat migrantlarining huquqlariga oid ayrim masalalarni xalqaro hujjatlar bilan uyg‘unlashtirish, qonunchilik hujjatlarida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, ushbu sohani tartibga solishda ishtirok etadigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlarini, fuqarolarning O‘zbekistondan tashqaridagi mehnat faoliyatini tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi qonunosti hujjatlari qonun darajasida mustahkamlanadi. Qolaversa, xalqaro hujjatlardagi mehnat migrantlarining huquqlariga oid normalar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Yig‘ilishda shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ham ko‘rib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан