Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bolasini 17 ming dollarga sotgan ona 5 yilga qamaldi
9.12.2020 04:28,  
166

Joriy yilning 21 iyul kuni 1 yoshga to‘lgan farzandini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ustidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, sirdaryolik A.O‘rinboyeva joriy yilning iyul oyida o‘z hamshahri X.Mamatqulov bilan tanishib, hozirda sharoiti og‘irligi va moddiy tomondan qiynalganligi sababli pul kerakligini, buning evaziga o‘z farzandi – 2019 yil 12 iyulda tug‘ilgan L.O‘rinboyevani 17 ming AQSh dollariga sotishini aytadi.

Joriy yilning 21 iyul kuni, kunduzi soat 12 lar artofida arizasiga asosan Departamentning viloyat boshqarmasi va Sirdaryo viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahar, 2-mavze, Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan «Zomin» to‘yxonasining yonidagi qurilishi tugallanmagan binoning yonida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, A.O‘rinboyeva o‘zining 2019 yil 12 iyulda tug‘ilgan farzandi L.O‘rinboyeva voyaga yetmagan va ojiz ahvoldaligini bila turib, uni «maxsus xaridor»ga 17 ming AQSh dollariga sotayotganda qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davomida A.O‘rinboyeva o‘z bolasini «maxsus xaridor»ga topshirib, u tomonidan berilgan, maxsus kimyoviy ishlov berilgan 17 ming AQSh dollari miqdordagi pullarni olayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Sud mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqib, A.O‘rinboyevani o‘z aybiga iqrorligi, bunday jinoyatni boshqa sodir etmaslikka so‘z berganini inobatga oldi va O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topib, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан